background
logotype
image1 image2 image3

Imomimiz mav'iza chog‘ida «Iymon bir necha xil bo‘ladi», dedilar. Shu haqda batafsilroq tushuntirish berolmaysizmi?

Savol: Imomimiz mav'iza chog‘ida «Iymon bir necha xil bo‘ladi», dedilar. Shu haqda batafsilroq tushuntirish berolmaysizmi?

Javob: Iymon turlari quyidagicha:

Iymon: Ishonish. Istilohda: qalb bilan iqror qilib, til bilan tasdiqlashdir. Ya'ni, «La ilaha illallohu Muhammadur rasululloh»ni yoxud «Ashhadu alla ilaha illallohu va ashhadu anna Muhammadan ‘abduhu va rosuluh» kalimalarini yurakdan tasdiqlab aytish bilan kishi iymonga musharraf bo‘ladi.

Iymoni ijmoliy: Ijmoliy iymon. Ya'ni, Rasululloh (s.a.v.) tablig‘ etgan narsalarning hammasiga ishonish. Ya'ni, «Nima tablig‘ qilingan bo‘lsa, jumlasi (hammasi) haqdir», deb tasdiq etish.

Iymoni mufassal: Ishonish lozim bo‘lgan narsalarning har birini alohida-alohida sanab tasdiqlash. Ya'ni: «Amantu billahi va malaikatihi va kutubihi va rusulihi val-yavmil axiri val-qodari xoyrihi va sharrihi min Allohi ta'ala val ba'si ba'dal-mavt» - «Allohga, farishtalariga, kitoblariga va payg‘ambarlariga, oxirat kuniga va yaxshilik ham, yomonlik ham Allohdan ekaniga va o‘lgandan so‘ng qayta tirilishga ishondim».

Iymoni taqlidiy: Salgina shubhaga ham mag‘lub bo‘lib qoladigan, boshqalarga taqlid qilib keltirilgan iymon. Johillarga xos iymon ham deyiladi.

Iymoni tahqiqiy: Iymonga oid butun masalalarni yaqiyniy suratda tadqiq bilan bilish va yashash: Haqiqatini bilib va his qilib iymon keltirish: Tahqiqiy iymondan dars beruvchi asarlarni sadoqat bilan o‘qish natijasida taqlidiy iymon tahqiqiy iymonga aylanadi.

Iymoni ya's: Chorasiz qolgan, hayotidan umidsiz bo‘lgan bir kimsaning iymoni.

Iymoni bi-l-oxirot: Oxiratga, o‘lgandan so‘ng tirilishga, hashr va nashrga, jannat va jahannamga ishonish.

Iymoni billah: Allohga va Uning sifatlariga ishonish.

Dinda savolim bor


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.