background
logotype
image1 image2 image3

Salomlashganda qisqacha “salom”, “va alaykum” desa bo‘ladimi?

Savol: Salomlashganda qisqacha “salom”, “va alaykum” desa bo‘ladimi?

Javob: Ko‘pchilik ulamolar nazdida salomga “Va alaykum” deb alik olish to‘g‘ri emasdir. Ular bunga Alloh taoloning ushbu oyatini dalil qilishgan: “Qachon sizlarga biror salomlashish (iborasi) bilan salom berilsa, sizlar undan chiroyliroq qilib alik olingiz yoki o‘sha (ibora)ni qaytaringiz. Albatta, Alloh har bir narsani hisobga oluvchi zotdir”. (Niso surasi, 86-oyat). Ushbu oyatga ko‘ra, salom berilsa, unga undan-da go‘zalroq yoki xuddi o‘zidek javob berish lozimligi ma’lum bo‘ladi. Lekin “Va alaykum” bilan cheklanishning joiz yoki joiz emasligida ulamolar ixtilof qilishgan. Shuning uchun “Va alaykum assalom va rahmatullohi va barokatuh” yoki “Va alaykum assalom” deb, to‘liq javob berishlik afzaldir. Vallohu a’lam.

O‘zbekiston Musulmonlari idorasi Fatvo hay’ati


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.