background
logotype
image1 image2 image3

Qarz to‘lanishi shart

SavolBa'zilar qarz olibuni to‘lamasdan xotirjam yuraverishadiBundaylar haqida shariatimiznima deydi?

JavobRasululloh sollallohu alayhi vasallam bunday deganlar: «Allohga qasamki, agar bir kishi Alloh yo‘lida qatl etilsa, so‘ng (qayta) tiriltirilsa, so‘ng yana qatl etilsa (ya'ni, Alloh yo‘lida uch marta o‘lib-tirilsa ham), ustida qarzi bo‘lsa, uni uzmagunicha jannatga kirmaydi» (Imom Nasaiy).

Jamiyatda keng tarqalgan illatlardan biri qarzga beparvo bo‘lishdir. Ba'zilar zarurat yuzasidan emas, balki boyligini yanada ko‘paytirish, orzu-havas ilinjida, nafsining so‘ziga kirib, boshqalardan qolishmaslik uchun qarz oladi. Mana shunday odamlarning biri ikki bo‘lmay, qarzga botib tang ahvolda yuradilar. Imkon bo‘lishi bilanoq qarzini uzmay, uni to‘lashni cho‘zish yoki to‘lashdan bosh tortish qarzdorning xor-zor bo‘lishiga olib keladi. Hadisda aytilganki: «Kim odamlardan qarz olganida uni uzish (qaytarib berish) niyati bilan olsa, Alloh unga yordam beradi. Ammo kim yo‘q qilish (eb ketish) niyati bilan olsa, Alloh uni yo‘q qilib yuboradi» (Imom Buxoriy).

Dinda savolim bor


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.