background
logotype
image1 image2 image3

Masjid mevalarini yeyish mumkinmi?

Savol: Hozir ko‘pgina masjidlarimizda mevali daraxtlar ekilgan va namozxonlar ulardanbemalol iste'mol qilishadiBu mumkinmiChunki yaqinda shu masalada do‘stim bilan tortishibqoldim...

JavobKim bo‘lishidan qat'iy nazar, birov masjid yeriga daraxt eksa, daraxt masjid mulki bo‘lib qoladi. Agar u mevali daraxt bo‘lsa, uning mevasidan yeyish borasida ikki xil rivoyat bor. Bir rivoyatda yeyish mumkin, deyilgan. Ikkinchisida yeyish mumkin emas, deyilgan. Ikkinchi rivoyat sahih (kuchli)dir. Binobarin, mevani sotib, qiymati masjidga kirim qilinadi. Yemoqchi bo‘lganlar sotib olib iste'mol qilishlari mumkin. Bu qoidaga amal qilish imomdan tortib, barcha namozxonlarga barobar («Fatovoi Qozixon»).

Yana shuni eslatib qo‘yish joizki, masjid sahniga soya beruvchi, manzarali daraxtlarni namozxonlar saf tortadigan joylarga ekmaslik kerak («Nisob ul-ixtisob»).

Dinda savolim bor


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.