background
logotype
image1 image2 image3

Kiyinish, ovqatlanish kabi ishlarda erkaklarga ayrim narsalar taqiqlangan, deb eshitdim...

Savol: Kiyinish, ovqatlanish kabi ishlarda erkaklarga ayrim narsalar taqiqlangan, deb eshitdim. Ular nimalardan qaytarilgan?

Javob: Islom shariati kiyinish, ovqatlanish va xoli-hayotning boshqa sohalarida erkaklarga bir qancha ishlarni man etgan. Masalan, Rasuli akramdan (s.a.v.) shunday hadis vorid bo‘lgan: «Kerilib pochasini (shimini) sudrab yuruvchiga Alloh taolo nazar qilmaydi».

Erkaklarning shim, ishton, ko‘ylak va boshqa kiyimlarini oshiqdan pastga tushirib kiymoqlari nojoiz.

Erkaklarga ipak kiyim kiyish ham taqiqlangan, oxiratdan nasibasi yo‘qlargina ipak kiyim kiyadilar. Lekin arqog‘i ip bo‘lsa, mumkin, deyishadi ba'zi ulamolar.

Tilla asboblar (masalan, uzuk) taqish ham, tilla idishlarda ovqat yeyish ham man etilgan. Lekin kumush bilan ziynatlangan idishda ichimlik ichish, u bilan ziynatlangan egar yoki kursida o‘tirish mumkin. Erkaklarning misqolga yetmagan kumush uzuk taqmoqliklari zararsiz. Ayollarga ipakli kiyim kiyish va tillo asboblar taqish mumkin.

«Rasululloh (s.a.v.) ayol kiyimini kiygan erkakni va erkak kiyimini kiygan ayolni la'natlaganlar». Demak, erkaklarning ayollar kiyimini kiyishlari shariatimizga mutlaqo zid ekan. Shuningdek, ularning kofirlar kiyinishiga taqlid qilishi, qizil va sariq rangli, xarir, yupqa kiyimlar kiyishi, shuhrat niyati bilan yasanishi, isrofgarchilikka yo‘l qo‘yishi ham yaramaydi.

Shuningdek, Rasululloh (s.a.v.) erkaklarni zino qilishdan, ichkilikbozlikdan, qimor va nard o‘ynashdan, kaptarvozlikdan, bangichilikdan va boshqa gunoh bo‘ladigan yomon amallardan qaytarganlar.

Dinda savolim bor


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.