background
logotype
image1 image2 image3

Ribo sudxo'rlikmi?

Savol: Riboning juda yomon narsa ekani haqida eshitdim-u, uning o'zi nima ekanligi haqida hech qanday tushuncham yo'q. Navbatdagi kitobingizda shu haqda to'laroq ma'lumot bersangiz, boshqalarga ham foydasi tegar edi.

Javob: «Ribo» so'zi lug'atda «ortiq» ma'nosini bildiradi. Shar'iy istilohda bergan molini haqiqatan yo hukman ortiq qilib qaytarib olish ribo, deyiladi. Ribo sig'im yo vazn bilan o'lchanadigan bir jinsli mollarni ayirboshlashda yoki pul muomalasida bo'ladi. Bergan molidan haqiqatan oshiqcha olish sig'im yo vazn bilan o'lchanadigan bir xil (jinsdagi) mollarni ayirboshlashda yoki bergan qarzini ortig'i bilan olishda bo'ladi. Masalan, 100 kg guruchni 110 kg guruchga almashtirish yoxud yuz so'm qarz berib, yuz o'n so'm qilib olish kabi. Hukman ortiq olish esa jinsi har xil mollarni nasiyaga ayirboshlashda bo'ladi. Masalan, yuz rubl olib, bir haftadan so'ng so'm qilib qaytarish kabi. Jinsdosh mollarni ayirboshlashda bir-biriga teng qilib, naqd (bir joyda) ayirboshlash lozim. Agar biri ikkinchisidan oshiq yo nasiya bo'lsa ham, ribo bo'ladi. Turli jinsli mollarni, masalan, arpani bug'doyga ayirboshlaganda naqd ayirboshlash lozim. Biri nasiya bo'lsa, ribo bo'ladi.

Dinda savolim bor


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.