background
logotype
image1 image2 image3

Men oziq-ovqat do‘konida savdo qilaman. Peshtaxtalarda har xil narsalar, jumladan, spirtli ichimliklar ham bor

Savol: Men oziq-ovqat do‘konida savdo qilaman. Peshtaxtalarda har xil narsalar, jumladan, spirtli ichimliklar ham bor. O‘zim bu narsani ichishni harom deb bilaman, ammo savdosi-chi?

Javob: Bugungi kunda ana shu ichimlik tufayli juda ko‘plab xonadonlar tinchligini yo‘qotyapti, topish-tutishdan baraka ko‘tarilyapti, o‘g‘illar ota-onaga oq bo‘lyapti, farzandlar kelajagiga rahna solinyapti... Aroq yetkazayotgan musibatlarni hech narsa bilan taqqoslab bo‘lmaydi. Ichkilik ichayotganlar nafaqat o‘z insoniyliklarini yo‘qotishmoqda, balki boshqalarning turmush tarziga ham katta salbiy ta'sir o‘tkazishmoqda. Payg‘ambarimiz (sollallohu alayhi vasallam) uni ichganni, sotganni, tayyorlaganni, oldirganni, olib kelganni va hokazolarni bejizga la'natlamaganlar.

Harom narsa bilan savdo qilish musulmon kishi uchun haromdir. Harom narsanng savdosi botildir, ya'ni harom narsani sotgan puliga ega hisoblanmaydi. (Miskin, faqirlarga berib yuboriladi, ammo bu muruvvatdan savob umid qilinmaydi). Ya'ni, bir kishi o‘n so‘mga aroq sotib olib, keyin o‘n besh so‘mga sotsa, foydasi bo‘lgan besh so‘mini emas, o‘n besh so‘mning hammasini chiqaradi. Chunki haromga sarflash halol pulni harom qiladi.

Dinda savolim bor


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.