background
logotype
image1 image2 image3

It so‘lagi tekkan idishni necha marta yuvsa, halol bo‘ladi?

SavolIt so‘lagi tekkan idishni necha marta yuvsa, halol bo‘ladi?

JavobItning so‘lagi tekkan narsa harom bo‘ladi. Chunki so‘lak ham, ter ham go‘shtdan ajrab chiqadi. Quduriy (r.a.) aytishlaricha, it yegandan qolgani najasdir. It suv ichgan yoki tekkan idish bizning mazhabda uch marta yuvish bilan toza bo‘ladi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «It yalagan idish uch marta yuviladi», deganlar. Hanafiy ulamolarning aytishlaricha, itning siydigi tekkan narsalar uch marta yuviladi, so‘lak esa bavldan yengilroqdir. It tekkan narsani yetti marta yuvish haqidagi hadis uch marta yuvish to‘g‘risidagi hadis bilan nasx (bekor) bo‘lgan («Hidoya»).

Dinda savolim bor


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.