background
logotype
image1 image2 image3

Bid’at nima degani?

Savol: Bid'at nimaligini tushuntirib bersangiz, agar biror bid'at ishni qilib qo‘ysam, gunohkor bo‘lmaymanmi?

Javob: Bid'atning lug‘aviy ma'nosi "yangilik kiritish" deganidir. Shar'iy ma'nosi "dinda bo‘lmagan narsani dinga qo‘shish"dir.

Dinga yangilik kiritish haromdir. Chunki din Alloh taoloning rasuli orqali ko‘rsatgan yo‘rig‘idir.

Shuning uchun ham Rasuli akram sollallohu alayhi vasallam marhamat qiladilarki: "Dinda yangi paydo bo‘lgan narsadan chetlaninglar, har qanday yangi paydo qilingan narsa bid'at, har bir bid'at zalolatdir".

"Bizning dinimizga unda bo‘lmagan narsani kim bo‘lsa-da, qo‘shsa, qaytariladi" (Imom Muslim). Dindagi bid'at ikki xil bo‘ladi:

1.  E'tiqodga taalluqli bo‘lgan bid'atlar: mo‘‘tazilalar, ravofizlar, juhaymiya va boshqa toifalarning ahli sunnat val jamoa e'tiqodiga qo‘shgan fikrlari e'tiqodiy bid'atlardir.

2.  Alloh va Uning rasuli ko‘rsatmagan bir ish yo odatni ibodat sifatida dinga kiritish kabilar amaliyotdagi bid'atlardir.

Payg‘ambarimiz sollalloqu alayhi vasallam bid'atlardan ogoh etib: "Sizlar Allohning yo‘liga ergashinglar, o‘zga yo‘llarga ergashinglar", deb marhamat qildilar (Abdulloh ibn Mas'ud rivoyati).

Bid'atga qarshi kurashishning yo‘li ilm va ulamolardir. Ulamolar deganda ilmiga amal qiluvchilarni tushunmoq kerak. Ilmga amal qiladigan ulamolarning kamayishi bid'atning rivojlanishiga olib keladi. Allohning kitobi va Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning sunnatlarini o‘rganib, ularga amal qilib, farzandlarimizni ushbu yo‘lda tarbiya qilsak, inshaalloh, bid'at balosidan xalos bo‘lamiz.

Dinda savolim bor


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.