background
logotype
image1 image2 image3

Uzrli ayolning hukmlari qanday?

SavolAyollarda istihoza qoni ko‘rish kabi uzrli holat borIstihoza qoni qay hollarda ko‘riladi?JavobIstihoza qoni quyidagi hollarda ko‘riladi:

1.  Mubtadia. Balog‘atga yetib qon ko‘ra boshlagan ayol degani. Bunday qizning odati har oyda o‘n kun belgilanadi. Chunki ko‘pi hayz bo‘lmaydi. Har oydan yigirma kun poklik deb qabul qilinadi. Agar davomli qon ko‘radigan bo‘lsa, o‘n kuni odat, yigirma kuni istihoza deb qabul qilinadi.

2.  Ilk lohusalik qoni. Qirq kun, pokligi yigirma kun deb qabul qilinadi. Agar qon kelaversa, qirq kun lohusalik, yigirma kun istihoza deb qabul qilinadi.

3.  Mutoda. Yana avvalgi odatidan sahih (to‘g‘ri) bo‘laroq qon ko‘rgan, poklangan, so‘ngra esa, davomli qon ko‘rgan odatini ham unutmagan ayol degani. Bu ayol odat va poklik vaziyatidagi odatiga murojaat qiladi, odatidan ziyod ko‘rilgan qon istihoza deb qabul qilinadi. Odat o‘tgach, tark etgan namozlarini qazo qiladi.

4.  Mutaxoyyira. Odatni unutgan ayol degani. Bu ayolning ham odatidan ziyoda davom etgan qoni istihozadir. Lekin, bu ayol holati (pokligi, hayzligi) har qanday shaklda hukm etilmaydi. Shar'iy hukmlarning eng ehtiyotli bo‘lgani olinib, amal qilinadi.

SavolUzr qoni to‘xtagach, g‘usl shartmi?

JavobIstihoza qoni to‘xtagach, g‘usl shart emas. Ya'ni, farz emas. Shunda ham, yuvinib-cho‘milish a'lodir.

SavolUzrli ayol mahsi kiysa nima qiladi?

JavobUzrli ayol uzri davom etarkan, tahorat olib mahsi kiygan bo‘lsa, namoz vaqti ichida takror tahorat olayotganda mahsilar ustiga mash tortadi. Namoz vaqti chiqqach, mahsilar ustiga mash torta olmaydi, maxsisini yechadi. Faqat tahorat olayotganda qon to‘xtagan bo‘lsa, mahsi ustiga mash tortish mumkin. Muqim bo‘lsa, bir kun-bir kecha, musofir bo‘lsa, uch kun-uch kecha mahsisiga mash tortadi.

SavolNamoz ichida uzr qoni to‘xtasa nima qilinadi?

JavobIstihozali ayol peshin vaqtida tahorat olib namoz o‘qisa, namozdan so‘ng qon to‘xtasa, ayolning namozi tamom hisoblanadi. Agar tahorat olib, hali namoz boshlamasdan avval yoki namoz ichida qon to‘xtasa, tahorati buziladi. Bu holda o‘qigan namoz ioda etiladi. Ya'ni, qayta o‘qiladi.

SavolUzrini ketkaza olsatahorat oladimi?

JavobUzrini - oqqan qon va shunga o‘xshash narsalarni tang‘ib bog‘lash bilan to‘xtata olsa, joiz. Bu holda uzr ko‘tariladi, ya'ni ketadi. Ammo hayzli va nifosli ayol hatto sizintini to‘xtatishi joiz emas, chunki tashqi ko‘rinishidan to‘xtaganday ko‘rinsa ham, aslida qon oqadi.

Burunning faqat bir teshigidan oqqan qon sababli uzrli bo‘lgan odam tahorat olsa, so‘ngra boshqa teshigidan ham qon oqsa, tahorat buziladi.

U uzr qoni to‘xtagan bir paytda uzrdan tashqari har qanday narsa uchun tahorat olgan bo‘lsayu uzr qoni oqa boshlasa, tahorati buziladi.

Dinda savolim bor


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.