background
logotype
image1 image2 image3

Homiladan saqlansa bo‘ladimi?

Savol: Er-xotin farzand ko'rishni istamasa, homiladan saqlanishlari mumkinmi? Shariatda bunga ijozat bormi?

Javob: Er-xotinga farzand ko'rish vojib emasligi va ular farzand ko'rmasalar, gunohkor bo'lmasliklari uchun homiladan saqlanish vositalarini qo'llash, agar salomatlikka ziyon keltirmasa yo biror a'zo manfaatlarini to'xtatishga olib bormasa yoki tanosil a'zolarini ishdan chiqarmasa, joizdir.

Bu o'rinda farzand ko'rish er-xotinga farz emasligini aytib qo'yishimiz muhimdir. Dorilar iste'mol qilish yo jarrohlik amaliyotlarini qildirish bilan farzand ko'rishga harakat qilish ularga vojib emas. Zero, agar farzand ko'rish er-xotinga farz bo'lganida Alloh taolo hech kimni bepusht qilmagan bo'lardi.

Bepusht bilan oila qurish, so'zsiz, joizdir. Ibrohim va Zakariyo alayhissalomning ayollari bepusht bo'lganlari ma'lum. Alloh taolo Ibrohim alayhissalomga bepusht xotinlaridan Ishoq alayhissalomni berdi. Zakariyo alayhissalomga bepusht xotinlaridan Yahyo alayhissalomni berdi. Ammo farzand ko'rish ishtiyoqli ekanligiga shak yo'q. Shariatimiz farzand ko'rishga undaydi va uni targ'ib qiladi.

Dinda savolim bor


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.