background
logotype
image1 image2 image3

Chaqaloq qancha emiziladi?

SavolBa'zi yosh onalar bolani emizishdan bo‘yin tovlaydilar yoki atigi olti-sakkiz oy emizadilarShu mumkinmi?

JavobOnaning ko‘krak sutini bolaga emizishi go‘dakning onasi zimmasidagi birinchi haqqidir. Ona o‘z bolasini emizishga o‘zgadan mutloq haqlidir. Baqara surasining 233-oyati mazmuni shunday: «Onalar bolalarini to‘la ikki yil emizadilar! Bu emizishni tugal qilmoqni istaganlar uchundir».

Ammo ona bolasini emizishga majbur qilinmaydi. Biroqbola onasining ko‘kragidan boshqasini og‘ziga olmasa, onasi emizishga majbur bo‘ladi.

Ota bolasini onasidan boshqa emizuvchi ayolga berib emizdirishi mumkin. Bu Islomdan oldingi arablarning ham odati edi. Halima Sadiya Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning emizik onalari bo‘lganlar. Qur'on hukmiga ko‘ra, bolalar to‘la ikki yil emiziladilar. Binobarin, ana shu davrda emish, agar muhtoj bo‘lsa, bolaninghaqqidir.

Go‘dakni ikki yil to‘lmasidan oldin ham unga ziyon qilmasa, ota-onasi kelishib va maslahatlashib sutdan chiqarish mumkin. Xususan, emizikli ayol homilador bo‘lib qolsa, emayotgan bolasini sutdan chiqargani ma'qul. Zero, homilador onaning suti go‘dakka avvalgidek ozuqa bo‘lmay qoladi. Ammo homilador bo‘lgan emizikli ayol bolasini sutdan chiqarishga majbur etilmaydi. Unga bolasini emizish harom bo‘lmaydi. Homiladorlikda bolani sutdan chiqarish ehtiyot choralaridan biri, xolos.

Sutdan chiqarishning eng yaxshi fursati kecha-kun teng bo‘lgan paytdir. Xususan, kuzgi tenglik foydalidir. Zero, kuzda qish kutiladi, havolar soviydi va badan faol bo‘ladi.

Ona bolasini sutdan asta-asta chiqarishi kerak. Bola emishdan ovqat yeyishga qiynalmay o‘tishi va shunga ko‘nishi uchun sekinlik bilan o‘rgatib borish kerak bo‘ladi.

Dinda savolim bor


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.