background
logotype
image1 image2 image3

Oxirzamon bo‘lganida Iso alayhissalom yerga tushadilar, deb o‘qib qoldim

Savol: Oxirzamon bo‘lganida Iso alayhissalom yerga tushadilar, deb o‘qib qoldim. Shu haqda to‘laroq ma'lumot beraolmaysizlarmi?

Javob: Zamona oxirida Dajjol paydo bo‘lib, yer yuzini fitna-fasodga to‘ldirib turgan paytda Iso alayhissalom osmondan tushib, uni o‘ldiradilar. Bu xususda sahih hadislar vorid bo‘lgan. Ahli sunna val jamoa ulamolari haqiqatda shunga ijmo' qilishgan.

Iso alayhissalom, yahudiy va nasroniylar aytayotganidek, o‘lgan emaslar. Balki u zotni Alloh taolo osmonga ko‘targan. Qur'oni Karimda bu haqda aytiladi: «Haqiqatda, ular uni o‘ldirganlari ham, osganlari ham yo‘q. Faqat ularga (boshqa birov Isoga) o‘xshatib qo‘yildi xolos. So‘ng ular o‘ldirilgan Iso yo boshqa ekanligida ixtilof qilishdi. Ularning hammasi bu ishda gumon qiladilar. Uni o‘ldirmaganlari aniqdir. Balki Alloh uni osmonga ko‘targandir.» (Niso surasi, 157-158-oyatlar). Iso (a.s.) qiyomatdan oldin yerga tushib, Islom shariati bilan hukm yuritadilar, odamlar tark etgan amallarni tiklaydilar. Yer yuzida Alloh hohlaganicha yashab, keyin vafot etadilar. Musulmonlar uzotga janoza o‘qishib, dafn qilishadi.

Payg‘ambarimiz (s.a.v.) bunday deganlar: «Nafsim qo‘lida bo‘lgan zotga qasamki, yaqinda orangizga Iso ibn Maryam odil hukm bilan tushadi. Hochni sindiradi, to‘ng‘izlarni o‘ldiradi, jizyani bekor qiladi. Mol-dunyo ko‘payadi, hatto hech kim sadaqa olmay qo‘yadi. Bir marta sajda qilish dunyo va undagi bor narsadan yaxshiroq bo‘lib qoladi» (Buxoriy va Muslim rivoyat qilgan).

Dinda savolim bor


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.