background
logotype
image1 image2 image3

«Mushrik»ning ma'nosi nima?

Savol: Qur'on ma'nolarining o'zbekcha tarjimasida «Makka mushriklari» degan so'zni ko'p uchratdim-u, ammo ma'nosini tushuna olmadim. «Shirk», «mushrik» so'zlarini tushuntirib bersangiz, iltimos!

Javob: «Shirk» so'zi «sherik» so'ziga o'zakdosh bo'lib, istilohiy ma'noda Alloh taologa uluhiyatda, rububiyatda jonli-jonsiz narsalarni sherik qilish «shirk», deyiladi. Ya'ni, Allohdan boshqaga ibodat qilish, Undan o'zgalardan hojatlarini ravo qilishini so'rash, yaxshilik va yomonlikni Allohdan boshqadan ko'rish shirk hisoblanadi. Bunday qilganlar «mushrik», deyiladi. Butparastlar, oy, quyosh, yulduzlarga topinuvchilar, otashparastlar, dahriylar, sanamlarga sig'inuvchilar, hodisalarda Allohdan boshqa bir kuchning ham ta'siri bor, deb o'ylovchilar mushriklardir. Mushriklar ham kofirlar kabi do'zaxdan joy oladi.

Dinda savolim bor


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.