Ayol jannatda kim bilan yashaydi?
Savol: Agar kishi o‘lganidan keyin uning xotini boshqaga turmushga chiqsa va birga hayot kechirib, vaqti kelganida ular ham vafot etishsa, so‘ngra uchovlari jannatga kirishsa, ayol ikki eridan qaysi biri bilan birga bo‘ladi?
Javob: Mo‘minlar onasi Ummu Salama roziyallohu anhodan xuddi shu mavzuga taalluqli hadis rivoyat qilingan. Bu onamiz Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan: "Ey Allohning rasuli, muslima ayol turmushga chiqsa-yu, eri vafot etsa, so‘ngra ikkinchi kishiga turmushga chiqib, birga yashab, vafot etishsa-da, pirovardida uchovlari jannatga kirishsa, (ayol qaysi biri bilan birga bo‘ladi)?" deb so‘raganlarida, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: "Ey Ummu Salama, Alloh bu ayolga ikki eridan birini tanlash ixtiyorini beradi. U ayol esa xulqi yaxshisini ixtiyor etadi", deb quyidagi so‘zni ham qo‘shib qo‘ydilar: "Ey Ummu Salama, chiroyli xulqlilar dunyo va oxiratda "yaxshilar" deyilgan unvonga ega bo‘lishadi".
Biz ushbu hadisi nabaviy savolingizga javob bo‘ladi, deb umid qilamiz.
Dinda savolim bor
Ko‘p o‘qilgan
- Namoz o‘qish tartibi (rasmlari bilan)
- Peshin, asr, shom, xufton namozlari
- Qur'oni karim ma'nolari va qiroati
- Salovotlar. Istig'for duolari
- Namoz kitobi
- Najotkor duolar
- 6 diniy kalima
- Tahorat olish tartibi (rasmlari bilan)
- Azon
- Namozdan keyingi zikrlar
- Ro‘za kitobi
- G‘usl, tayammum
- Namozdan so‘ng o‘qiladigan boshqa duolar
- Tahorat kitobi
- Islomning o‘zagi bo‘lgan hadislar
- Payg’ambar alayhis-salomning vafot etishlari
- Jamoat kitobi
- Hayit va jum'a namozlari
- Xotinning eriga itoatsizlik qilishi
- Namoz haqida oyat va hadislar
So'nggi maqolalar
- Mujohid ibn Jabr
- Abu Usayd Molik ibn Robia
- Xotib ibn Abu Balto
- Abon ibn Said
- Budayl ibn Varqo
- Abu Sa’laba Xushaniy
- Abu Umoma Bohiliy
- Abu Mahzura Jumahiy
- Abu Abs ibn Jabr Ansoriy
- Rofeʼ ibn Xudayj
- Zaydul Xoyr
- Ummu Kulsum binti Uqba
- Qays Ibn Sa’d
- Navfal ibn Horis
- Solim ibn Ubayd
- Ka’b ibn Zuhayr
- Mehron ibn Mofina
- Hanzala ibn Abu Omir
- Abdulloh ibn Muborak
- Qutayba ibn Muslim
2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.