background
logotype
image1 image2 image3

Omir ibn Rabi’a

Omir ibn Rabi’a (Alloh u zotdan rozi bo‘lsin) mashhur sahobiylardan. Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) Arqam xonadoniga kirishlaridan oldin Islom bilan sharaflangan. Habashistonga ikki marta safar qilgan. Yasribga Abu Salamadan keyin ko‘chgan. Abdulloh aytishicha, odamlar hazrati Usmon (Alloh u zotdan rozi bo‘lsin) haqida turli gaplarni aytib yurishganida, bu zot kechasi namozdan so‘ng uyquga ketib, tush ko‘radi. Tushida unga “Turgin, solih bandalar so‘ragani kabi sen ham fitnadan omonlik so‘rab, duo qilgin”, deyiladi. Omir darhol turib, namoz o‘qiydi, duo qiladi. Voqidiy aytishicha, Omir ibn Rabi’a hazrati Usmon (Alloh u zotdan rozi bo‘lsin) vafot etganidan bir necha kun keyin olamdan o‘tadi.


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.