Mujohid ibn Jabr
Mujohid ibn Jabr rahimahulloh tobeinlar peshvosi, qorilar va mufassirlar ustozi, yetuk faqih, hofiz, ishonchli muhaddis, zuhd va taqvo sohibi edi. U Soib ibn Abu Soib Maxzumiyning ozod qilingan quli bo‘lgan.
Mujohid rahimahulloh hijriy 21 yili, Umar ibn Xattob xalifaligi davrida Makkada dunyoga keldi. U juda ko‘p sahoblardan: Abu Hurayra, Abdulloh ibn Umar, Ali ibn Abu Tolib, Sa’d ibn Abu Vaqqos, Rofe’ ibn Xudayj, Oysha, Ummu Salama hamda Jobir Ansoriy roziyallohu anhumlardan ilm o‘rgandi.
Abdulloh ibn Abbosdan ikki yil mobaynida Qur’on ilmlari, fiqh va hadisni puxta o‘zlashtirdi. Shu bois Yahyo ibn Ma’in: “Mujohid ibn Jabr Ibn Abbosning yaqin shogirdidir”, degan edi.
Mujohid rahimahulloh bir o‘rinda Qur’onni Ibn Abbos roziyallohu anhudan o‘ttiz marta o‘tkazib olganini aytadi, boshqa bir o‘rinda esa: “Ibn Abbosdan Qur’onni uch marta o‘tkazib oldim. Har bir oyatda to‘xtab: “Nima sababdan nozil bo‘lgan?”, “Qaerda nozil bo‘lgan?” der edim” deydi (Qur’onni o‘ttiz marta o‘tkazib olish umumiy o‘qish, xatm qilish shaklida bo‘lsa, uch marta o‘tkazib olish har bir oyatida to‘xtab-to‘xtab, tafsiri, sababi va ilmlarini so‘rash shaklida bo‘lgan. Vallohu a’lam).
Sufyon Savriy aytadi: “Tafsirni to‘rt kishidan o‘rganing: Said ibn Jubayr, Mujohid, Ikrima va Zahhok ibn Muzohim”. Ularning shogirdlari hisoblangan Xusayf ibn Abdurahmon Mujohid rohimahullohni tafsir borasida eng bilimdon degan.
Simla ibn Kuhayl aytadi: “Ilmi bilan faqat Alloh rizosini istaganlar deyilsa, Mujohid, Tovus va Ato ko‘z oldimga keladi”.
Mujohid rahimahullohning hayotlari ilm istash va uni insonlarga yetkazish ila kechdi. Vafotlari ham go‘zal hol, sajda qilgan holida bo‘ldi.
Hofiz Abu Nuaym Fazl ibn Dukayn aytadi: “Mujohid 102 hijriy sanada olamdan o‘tdi. U sajda qilib turgan edi”. Ibn Hibbon ham Mujohid Makkada sajda holatida dunyodan ko‘z yumganini rivoyat qilgan.
Faxriddin Muhammad Nosir tayyorladi | Hidoyat.uz
Ko‘p o‘qilgan
- Namoz o‘qish tartibi (rasmlari bilan)
- Peshin, asr, shom, xufton namozlari
- Qur'oni karim ma'nolari va qiroati
- Salovotlar. Istig'for duolari
- Namoz kitobi
- Najotkor duolar
- Tahorat olish tartibi (rasmlari bilan)
- 6 diniy kalima
- Azon
- Namozdan keyingi zikrlar
- Ro‘za kitobi
- G‘usl, tayammum
- Tahorat kitobi
- Namozdan so‘ng o‘qiladigan boshqa duolar
- Islomning o‘zagi bo‘lgan hadislar
- Payg’ambar alayhis-salomning vafot etishlari
- Jamoat kitobi
- Hayit va jum'a namozlari
- Xotinning eriga itoatsizlik qilishi
- Namoz haqida oyat va hadislar
So'nggi maqolalar
- Mujohid ibn Jabr
- Abu Usayd Molik ibn Robia
- Xotib ibn Abu Balto
- Abon ibn Said
- Budayl ibn Varqo
- Abu Sa’laba Xushaniy
- Abu Umoma Bohiliy
- Abu Mahzura Jumahiy
- Abu Abs ibn Jabr Ansoriy
- Rofeʼ ibn Xudayj
- Zaydul Xoyr
- Ummu Kulsum binti Uqba
- Qays Ibn Sa’d
- Navfal ibn Horis
- Solim ibn Ubayd
- Ka’b ibn Zuhayr
- Mehron ibn Mofina
- Hanzala ibn Abu Omir
- Abdulloh ibn Muborak
- Qutayba ibn Muslim
2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.