Rasulullohning Makkada amalga oshirgan ishlari
Payg'ambar alayhis-salom Makkada ikki asosiy ishni ro'yobga chiqardilar.
Birinchi, Ollohni bir deb e'tiqod qilish. Mushriklardek yaratganga butlarni, nasroniy va yahudiylardek Xudoning o'g'li va xotini degan narsalarni sherik keltirmaslik, ya'ni tavhid eng muhim ishlaridan biri bo'ldi. Agar Ollohning birligiga e'tiqod qilinmasa, inson hayotda o'zi uchun beniqoya zarur odob-axloqqa rioya etmaydi, birov bilib qolmasa nafsning istagan ko'yiga kiraveradi.
Ikkinchisi, o'lgandan keyin qayta tirilishga, bu dunyodash qilmishlari uchun oxiratda mukofot yoki jazo berilishiga ishonish. Makkada nozil bo'lgan oyatlarning ko'pida mana shu ikki fikr bayon etilyb, isbotlangan hamda bunga ishonmaganlar tanqid qilingan. Har ikkala fikr aqlga muvofiq dalil, hujjatlar bilan isbotlanib, behuda bahsu munozaraga, befoyda safsata sotishga o'rin qoldirilmagan. (Afsuski, hanuzgacha bu xususda bahs qo'zg'ab falsafa so'qadiganlar yo'q emas). Qur'onning asosiy qismi Makkada nozil bo'lib, faqat yigirma uch sura Madinada vahiy qilingan. Bular: Baqara, Oli Imron, Niso, Moida, Anfol, Tavba, Haj, Nur, Ahzob, Qitol, Fath, Xujurot, Hadid, Mujodala, Hashr, Mumtahana, Saf, Jum'a, Munofiqun, Tag'obun, Taloq, Tahrim, Nasr suralaridir. Bulardan boshqa suralarning hammasi Makkada nozil bo'lgan.
QUBO MASJIDI
Rasululloh bir necha kun dam olgach, masjid qurishvi buyurdilar. Bu qurilishda muhojirlar ham, ansorlar ham barobar qatnashib, chinakam taqvodorlik namunasini ko'rsatdilar. Nihoyat musulmonlar hech narsadan xavotir olmay xotirjam namoz o'qish imkoniyatiga ega bo'ldilar. payg'ambar alayhis-salom zamonida masjidlar ortiqcha dabdabayu as'asasiz oddiygina qilib qurilar, keyinchalik paydo qilingan zeb-ziynat, hashamatlarning nom-nishoni yo'q edi. Bu odamlarning fikr-yodi qalblarini imon bilan ziynatlash, shayton vasvasasini dillaridan yulib tashlash bilan band edi. Masjidlar odam bo'yi qilib qurilar, tomiga oftob tig'idan asraydigan soyabon tutilardi.
Ko‘p o‘qilgan
- Namoz o‘qish tartibi (rasmlari bilan)
- Peshin, asr, shom, xufton namozlari
- Qur'oni karim ma'nolari va qiroati
- Salovotlar. Istig'for duolari
- Namoz kitobi
- Najotkor duolar
- 6 diniy kalima
- Tahorat olish tartibi (rasmlari bilan)
- Azon
- Namozdan keyingi zikrlar
- Ro‘za kitobi
- G‘usl, tayammum
- Namozdan so‘ng o‘qiladigan boshqa duolar
- Tahorat kitobi
- Islomning o‘zagi bo‘lgan hadislar
- Payg’ambar alayhis-salomning vafot etishlari
- Jamoat kitobi
- Hayit va jum'a namozlari
- Xotinning eriga itoatsizlik qilishi
- Namoz haqida oyat va hadislar
So'nggi maqolalar
- Mujohid ibn Jabr
- Abu Usayd Molik ibn Robia
- Xotib ibn Abu Balto
- Abon ibn Said
- Budayl ibn Varqo
- Abu Sa’laba Xushaniy
- Abu Umoma Bohiliy
- Abu Mahzura Jumahiy
- Abu Abs ibn Jabr Ansoriy
- Rofeʼ ibn Xudayj
- Zaydul Xoyr
- Ummu Kulsum binti Uqba
- Qays Ibn Sa’d
- Navfal ibn Horis
- Solim ibn Ubayd
- Ka’b ibn Zuhayr
- Mehron ibn Mofina
- Hanzala ibn Abu Omir
- Abdulloh ibn Muborak
- Qutayba ibn Muslim
2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.