Umri barakotli ulamolar
Kurz ibn Vabra Qur’oni karimni kechasi ham, kunduzi ham 4 marta, Ibn Idris esa uyida 4000 marta xatm qilgan. Imom Shofi’iy ramazonda 60 marta, Imom Buxoriy esa 30 marta xatm qilishgan. Imom Ahmad kunda 300 rakat namoz o‘qir ekan.
Abu Talha Ansoriy 40 yil ro‘za tutdi. Ibn Musayyib 60 marotaba haj qildi. Imom Ahmad 60 yoshida 1000 masalaga dalil asosida fatvo berdi.
Ibn Hazmning barcha kitoblari kuyadi. Shunda u zot ularning hammasini yoddan qaytardi. Imom Qatoda bir tuya kitobni yod oldi. Imom Sha’biy: “Oq narsaga yozilgan har bir narsani yod oldim”, degani rivoyat qilinadi.
Hindiston diyorida yashagan Ashraf Ali Tahonaviy qisqa umri davomida 1500 kitob yozadi. Shuningdek, o‘zidan keyin ko‘pgina murshid va valiy darajasiga erishgan shogirdlar ham qoldirgan.
Imom A’zam 500 000 masalaga fatvo bergan. 55 marotaba hajga borgan. Bir umr ilm olish va berish bilan mashg‘ul bo‘lgan. Bir necha ming marotaba Qur’onni xatm qilgan.
Ahmad ibn Hanbal ilm olishga ko‘proq vaqt qolsin deya, kuniga bir yong‘oq kattaligida taom yer ekan. U kishi 750 000 yoki 1 000 000 hadisni yoddan bilgan.
Imom G‘azzoliy, Imom Faxriddin Roziy, Imom Suyutiy kabi olimlar kuniga o‘rtacha 15-20 bet asar bitganlar.
Muhaddislar sultoni Imom Buxoriy ilm sirlari bilan qiziqib, dunyo kezib, oltmish mingdan ziyod hadis to‘plaganida 16 yoshdan endigina oshgandi. Shuningdek, u zotning 63 yillik umri davomida amalga oshirgan ishlari butun umriga taqqoslansa, 63 yildan ham ortadi. Imom Buxoriy 300 000 hadisni yod bilgan.
Forobiy juda yoshligidanoq til o‘rganish bilan shug‘ullanib, umri davomida 70 dan ko‘p tilda muloqot qila olgan.
Muhaddis, faqih Imom Navaviy o‘zining qisqa umri davomida 500 ta kitob ta’lif qilgani keltiriladi.
Abu Hurayra (r.a.) kunda 12000 marta, Xolid ibn Marvon esa 100 000 marta tasbeh aytar edi.
Ahmad ibn Hanbal ilm olishga ko‘proq vaqt qolsin deya, kuniga bir yong‘oq kattaligida taom yer ekan. U kishi 750 000 yoki 1 000 000 hadisni yoddan bilgan.
Imom G‘azzoliy, Imom Faxriddin Roziy, Imom Suyutiy kabi olimlar kuniga o‘rtacha 15-20 bet asar bitganlar.
Imom Tabariy 86 yil (224-310) umr ko‘rgan. Yozib qoldirgan kitoblari 358 ming varaqni tashkil qiladi. Allomaning balog‘atgacha bo‘lgan yoshini taxminan 14 yil deb belgilab, 86 dan ayirsak, 72 yil qoladi. Shunda u zotning yozganlari umrining har bir kuniga 14 varaqdan to‘g‘ri keladi. 72 yil umrini 14 ga ko‘paytirsak, allomaning tasnif qilgan kitoblari majmuasi kelib chiqadi.
“Irfon” taqvimining 2013 yil 1-sonidan olindi.
Ko‘p o‘qilgan
- Namoz o‘qish tartibi (rasmlari bilan)
- Peshin, asr, shom, xufton namozlari
- Qur'oni karim ma'nolari va qiroati
- Salovotlar. Istig'for duolari
- Namoz kitobi
- Najotkor duolar
- 6 diniy kalima
- Tahorat olish tartibi (rasmlari bilan)
- Azon
- Namozdan keyingi zikrlar
- Ro‘za kitobi
- G‘usl, tayammum
- Namozdan so‘ng o‘qiladigan boshqa duolar
- Tahorat kitobi
- Islomning o‘zagi bo‘lgan hadislar
- Payg’ambar alayhis-salomning vafot etishlari
- Jamoat kitobi
- Hayit va jum'a namozlari
- Xotinning eriga itoatsizlik qilishi
- Namoz haqida oyat va hadislar
So'nggi maqolalar
- Mujohid ibn Jabr
- Abu Usayd Molik ibn Robia
- Xotib ibn Abu Balto
- Abon ibn Said
- Budayl ibn Varqo
- Abu Sa’laba Xushaniy
- Abu Umoma Bohiliy
- Abu Mahzura Jumahiy
- Abu Abs ibn Jabr Ansoriy
- Rofeʼ ibn Xudayj
- Zaydul Xoyr
- Ummu Kulsum binti Uqba
- Qays Ibn Sa’d
- Navfal ibn Horis
- Solim ibn Ubayd
- Ka’b ibn Zuhayr
- Mehron ibn Mofina
- Hanzala ibn Abu Omir
- Abdulloh ibn Muborak
- Qutayba ibn Muslim
2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.