background
logotype
image1 image2 image3

Yorug’lik va zulmat

Hamd osmonlar va Yerni yaratgan, zulmatlar va nurni paydo etgan Allohga (xos)dir. («An'om» surasi, 1-oyat)

Hammamizga ma'lumki, yorug‘liksiz inson o‘z atrofidagi narsalarni bevosita ko‘z bilan ko‘ra olmaydi. Biroq biz ko‘rib turgan yorug‘lik barcha yorug‘lik chiqaruvchi energiyalarning faqatgina juda oz qismini tashkil etadi. Yana infraqizil, ultrabinafsha, rentgen nuri va radioto‘lqinlar kabi boshqa yorug‘lik chiqaruvchi energiyalar ham borki, inson zoti ularni ilg‘ay olmaydi. Insonlar bunday yorug‘lik nurlarini butunlay ko‘rmaydilar.

Shuningdek, qiziqtomoni shundaki, «zulmatlar» so‘zi Qur'onda har doim ko‘plik shaklda ishlatilgan. Qur'onning 23 ta oyatida arabcha so‘z bo‘lgan «zulumaat» ko‘plik shaklda qo‘llanilgan va hech ham birlik shaklda ishlatilmagan. Qur'onda «zulmatlar» so‘zining ishlatilishi biz ko‘ra oladigan yorug‘lik to‘lqinlariga qo‘shimcha ravishda, yana boshqa yorug‘lik to‘lqinlari ham borligidan darak beradi.

Faqat yaqindagina, olimlar nima uchun bu yerda ko‘plik shakli ishlatilganiga aniqlik kiritishdi. To‘lqin uzunliklari elektromagnit nurlanish nomli energiya shaklida farqlanadi. Elektromagnit nurlanishning turli shakllari kosmosda energiya to‘lqinlari sifatida tarqaladi. Bu hovuzga biror tosh otilganda, u hosil qiladigan to‘lqinlarga taqqoslanishi mumkin. Hovuzdagi to‘lqinlar turli o‘lchamlarda bo‘la olganidek, elektromagnit nurlanishlar ham turli o‘lchamli to‘lqinlarga egadir.

Yulduzlar va yorug‘likning boshqa manbalari har xil turdagi nurlar taratadi. Bu turli nurlar o‘zlarining to‘lqin uzunliklariga ko‘ra tasniflanadi (sinflarga ajratiladi). To‘lqin uzunliklari spektri juda keng. Eng kichik o‘lchamdagi to‘lqin uzunligi bo‘lgan gamma nurlar va eng katta bo‘lgan radioto‘lqinlar o‘rtasida 1025 ta farq bor. Quyoshdan chiqadigan deyarli barcha nurlar mana shu 1025 li spektrning bir qismiga siqilgan.

Bu raqamning ulkan ekanligini yaxshiroq tushunib olish uchun qiyoslab o‘rganish juda qo‘l keladi. Mabodo biz 1025gacha sanashni xohlab qolsak-u, uni kunu tun to‘xtamasdan sanaganimizda edi, uni tugatish uchun Yerning yoshidan 100 million marta ko‘p vaqtimiz ketgan bo‘lar edi. Koinotdagi turli to‘lqin uzunliklari xuddi shu hajmdagi bir spektr ichida taqsimlangan. Quyoshdan chiqadigan turli to‘lqin uzunliklarining 70% i 0,3 mikron va 1,5 mikron ora-lig‘idagi juda tor spektr bilan chegaralangan. Mana shu spektr ichida uch turli yorug‘lik mavjud: ko‘rinuvchan yorug‘lik, infraqizil yorug‘lik va ultrabinafsha yorug‘lik. 1025 spektrdagi 1 dan kamroq joy egallaganiga qaramasdan, ko‘rinuvchan yorug‘lik deb nom olgan nurlar Quyoshning barcha nurlarining 41% ini tashkil etadi.

Ko‘rib chiqqanimizdek, inson ko‘zi ilg‘ashi mumkin bo‘lgan elektromagnitik to‘lqinlar yorug‘lik spektrining bor-yo‘g‘i juda kichik bir qismidagina aks etadi. Bu spektrning bundan boshqa qismidagi to‘lqin uzunliklari inson zoti uchun faqatgina zulmatdan boshqa narsa emas, ya'ni inson ularni ko‘rish qobiliyatiga ega emas.55

 Diagrammadan ko‘rinib turibdiki, inson uchun ko‘rinarli bo‘lgan to‘lqin uzunligi diapazoni juda tor. Boshqa to‘lqin uzunliklari odam uchun qorong‘ilik degani.

__________
55. Husayni, The Quran for Astronomy and Earth Exploration from Space (Astronomiya va kosmosdan turib Yerni o‘rganishda Qur’on), 175-182.


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.