Yer va fazoning diametrlari
Ey jinlar va insonlar jamoasi! Agar sizlar osmonlar va Yer hududlaridan o‘tib ketishga qodir bo‘lsangiz, o‘tib ketaveringiz! Kuch-qudratsiz sira o‘tib keta olmagaysiz! («Ar-Rahmon surasi, 33-oyat)
Yuqoridagi oyatda «hududlar» deb tarjima qilingan arabcha so‘z «aqtoor»dir. Bu diametr degan ma'noni anglatuvchi «qutr» so‘zining ko‘plik shaklidir, u osmonlar va Yerning ko‘p diametrlari borligini anglatadi. Arab tilvda ishlatilgan so‘zning shaklvdan uning birlik, ko‘plik (ikkitadan ko‘p) yoki ikkilik shaklida ishlatilganligini aytib berish mumkin. Shuning uchun bu yerda ishlatilgan so‘zning shakli ko‘plik bo‘lib, u yana bir mo‘jizaviy ma'lumotni nazarda tutadi.
Uch o‘lchovli jism, u faqat bekam-ko‘st sharsimon bo‘lgandagina bir diametrli bo‘ladi, deyish mumkin. «Diametrlar» atamasi faqatgina nosimmetrik, lekin, asosan, sharsimon shaklni bildiradi. Qur'onda tanlangan «diametrlar» so‘zi Yerning geoid shakli haqvda alomat berishi nuqtai nazaridan juda ahamiyatlidir. Oyatdagi ikkinchi diqqatga sazovor mavzu Yer va osmonlarning diametrlar jihatdan alohida-alohida eslatib o‘tilganligidadir.
Albert Eynshteynning «umumiy tortishish nazariyasi»ga binoan, koinot kengayib bormoqda. Lekin bu galaktikalar va boshqa samoviy jismlar kosmosda to‘zg‘ib yuribdi, degan ma'noni anglatmaydi. Bu kosmosning kengayayotganligini va galaktikalar orasvdagi masofa o‘sayotganligini anglatadi.
«Ar-Rahmon» surasining 33-oyatidagi «osmonlar hududlari»ning ta'rifi kosmosning sharsimon strukturadan iborat ekanligini ko‘rsatadi. (Alloh hammadan ko‘p bilguvchvdir.) Shu yo‘sinda kosmosning diametrlari kosmosdagi turli nuqtalardan olib qaralganda turlicha bo‘ladi, demak, muntazam kengayib borayotgan kosmosning diametrlari ham farqlanib boraveradi. Mana shu nuqtai nazardan «chegara, hudud» ma'nosini anglatuvchi so‘zning ko‘plik shaklda ishlatilishi donolik timsolidir va bu ham Qur'onning hamma narsadan xabardor Parvardigorimizning vahiysi ekanligidan nishonadir.
Ko‘p o‘qilgan
- Namoz o‘qish tartibi (rasmlari bilan)
- Peshin, asr, shom, xufton namozlari
- Qur'oni karim ma'nolari va qiroati
- Salovotlar. Istig'for duolari
- Namoz kitobi
- Najotkor duolar
- 6 diniy kalima
- Tahorat olish tartibi (rasmlari bilan)
- Azon
- Namozdan keyingi zikrlar
- Ro‘za kitobi
- G‘usl, tayammum
- Namozdan so‘ng o‘qiladigan boshqa duolar
- Tahorat kitobi
- Islomning o‘zagi bo‘lgan hadislar
- Payg’ambar alayhis-salomning vafot etishlari
- Jamoat kitobi
- Hayit va jum'a namozlari
- Xotinning eriga itoatsizlik qilishi
- Namoz haqida oyat va hadislar
So'nggi maqolalar
- Mujohid ibn Jabr
- Abu Usayd Molik ibn Robia
- Xotib ibn Abu Balto
- Abon ibn Said
- Budayl ibn Varqo
- Abu Sa’laba Xushaniy
- Abu Umoma Bohiliy
- Abu Mahzura Jumahiy
- Abu Abs ibn Jabr Ansoriy
- Rofeʼ ibn Xudayj
- Zaydul Xoyr
- Ummu Kulsum binti Uqba
- Qays Ibn Sa’d
- Navfal ibn Horis
- Solim ibn Ubayd
- Ka’b ibn Zuhayr
- Mehron ibn Mofina
- Hanzala ibn Abu Omir
- Abdulloh ibn Muborak
- Qutayba ibn Muslim
2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.