background
logotype
image1 image2 image3

Olti kunda yaratilish

Darhaqiqat, Rabbingiz osmonlaru Yerni olti kunda yaratgan, so‘ngra Arsh uzra «mustaviy» bo‘lgan ... («A'rof» surasi, 54-oyat)

Qur'on va zamonaviy fan o‘rtasidagi hamohanglikka bir misol - koinotning yoshi to‘g‘risidagi mavzudir. Kosmologlar koinotning yoshini 16-17 milliard yil deb hisoblashmoqda, Qur'on esa butun koinotni olti kunda yaratilgan, deb xabar beradi. Bu ikki vaqt orasida katta farq bo‘lsa-da, ular hayratlanarli darajada bir-biriga to‘g‘ri keladi. Aslini olganda, koinotning yoshiga oid bu vaqtlarning ikkalasi ham to‘gridir. Boshqacha so‘zlar bilan aytganda, koinot xuddi Qur'onda aytilganidek, olti kunda yaratilgan va bu davr bizning hisoblash usulimizdagi 16-17 milliard yilga to‘g‘ri keladi.

1915 yilda Eynshteyn vaqtning nisbiy ekanligi, ya'ni vaqtning o‘tishi masofaga, yuruvchi shaxsning tezligi va o‘sha paytda tortishish kuchiga ko‘ra o‘zgarishi haqidagi fikrni o‘rtaga tashladi. Vaqtning o‘tishidagi bu farqlarni nazarda tutgan holda, Qur'onning turli yetti oyatida vahiy qilinganidek, koinotning yaratilishidagi vaqt davri aslida olimlarning taxmini bilan juda mos keladi. Qur'onda ta'kidlanganidek, olti kunlik davr oltita davr deb tushunilishi mumkin. Chunki vaqtning nisbiyligini nazarda tutgan holda, bir «kun» faqatgina Yerda, joriy sharoitlar ostida hisoblanadigan 24 soatli davrga taalluqlidir. Biroq koinotning boshqa har qanday joyida, boshqacha vaqt va boshqacha sharoitlar ostida, bir «kun» uzoqroq bo‘lgan vaqt davrini anglatishi mumkin. Haqiqatda, bu oyatlarda («Sajda» surasi, 4-oyat; «Yunus» surasi, 3-oyat; «Hud» surasi, 7-oyat; «Furqon» surasi, 59-oyat; «Hadid» surasi, 4-oyat; «Qof» surasi, 38-oyat va «A'rof» surasi, 54-oyat) olti kunlik davr (sittat ayyaam) uchun ishlatilgan «ayyaam» so‘zi nafaqat «kunlar», balki «asr, davr, payt, muddat» ma'nolarini ham anglatadi.

Koinotning birinchi davrida vaqtning o‘tishi bugungi kunda biz bilgan vaqtga nisbatan tezroq o‘tgan. Bunga sabab shuki, Katta portlash vaqtida (portlashdan avval) bizning koinotimiz juda kichik nuqtada yigilgan edi. Mana shu portlash vaqtidan buyon koinotning kengayishi va uning hajmidagi o‘sish koinotning chegaralarini bir necha millionlab yoruglik yiliga uzaytirdi. Chindan ham o‘sha paytdan buyon kosmosning uzayib borishi koinotga oid vaqt uchun juda muhim natijalarni keltirib chiqardi.

Katta portlash paytidagi (portlashdan avval) energiya vaqt oqimini 1012 (bir trillion) marta sekinlashtirgan edi. Koinot yaratilganda koinotdagi vaqt tezligi bugungi kunda hisoblanadigan vaqt bilan hisoblaganda bir trillion marta ko‘proq bo‘ldi. Boshqacha so‘zlar bilan aytganda, Yerdagi bir trillion daqiqa koinotdagi bor-yo‘g‘i bir daqiqaga teng.

Olti kunlik vaqt davri vaqtning nisbiyligiga binoan hisoblansa, u olti trillion kunga to‘g‘ri keladi. Bu shuning uchunki, koinotdagi vaqt Yerdagi vaqtga nisbatan bir trillion marta tezroq oqadi. Buni yillar bo‘yicha hisoblaydigan bo‘lsak, 6 trillion kun taxminan 16,427 milliard yilga to‘g‘ri keladi. Bu koinotning yoshi haqidagi taxminiy hisobga mos keladi:

6 000 000 000 000 kun : 365,25 = 16,427104723 milliard yil.

Boshqa tomondan, yaratilishdagi olti kunning har bir kuni, bizning vaqtni tushunishimizcha, turli davrlarga to‘g‘ri keladi. Bunga sabab shuki, vaqtning o‘tish tezligi koinotning kengayishiga proportsional tarzda susayadi. Katta portlashdan beri, koinotning o‘lchami ikkiga ko‘payganligi bois vaqtning o‘tishi ham yarimga qisqardi. Koinot o‘sib borgan sari, koinot ikkiga ko‘paygan vaqt tezligi tobora sekinlashib borgan. Kengayish koeffitsienti ilmiy bir haqiqat bo‘lib, u jahonda e'tirof etilgan hamda «Tabiiy kosmologiya asoslari» darsligida ta'riflangan. Biz yaratilishning har bir kunini Yerdagi vaqtga binoan hisoblasak, quyidagi ko‘rinish yuzaga keladi:

  • Vaqt boshlangan paytga nazar tashlasak, yaratilishning birinchi kuni (birinchi davr) 24 soat davom etgan. Ammo bu davr Yerdagi vaqt o‘lchovi bilan hisoblansa, 8 milliard yilga teng bo‘ladi.
  • Yaratilishning ikkinchi kuni (ikkinchi davr) 24 soat davom etgan. Biroq bu birinchi kunga ketgan vaqtning yarmicha davom etgan, boshqacha so‘zlar bilan aytganda, bu bizning vaqtga binoan 4 milliard yilga teng bo‘ladi.
  • Uchinchi kun (uchinchi davr) ikkinchi kunga ketgan vaqtning yarmicha davom etgan, boshqacha so‘zlar bilan aytganda, bu 2 milliard yilga teng.
  • To‘rtinchi kun (to‘rtinchi davr) 1 milliard yil davom etgan.
  • Beshinchi kun (beshinchi davr) 500 million yil davom etgan.
  • Oltinchi kun (oltinchi davr) 250 million yil davom etgan.
  • Xulosa: Yaratilishning olti kuni, boshqacha qilib aytganda, olti davri, Yerdagi hisoblash mezoni bilan bir-biriga qo‘shilsa, hosil bo‘lgan natija 15 milliard 750 million yil bo‘ladi. Bu raqamlar hozirgi kun taxminiy hisoblariga juda ham to‘g‘ri kelishini ko‘rsatadi.

Bu xulosa XXI asr fani orqali kashf qilingan dalillardan biridir. Fan 1400 yil burun Qur'onda vahiy qilingan haqiqatni yana bir bor tasdiqladi. Qur'on va fan o‘rtasidagi hamohanglik Qur'on Yaratganning, hamma narsaga Qodir zot - Allohning, vahiysi ekanligini tasdiqlovchi mo‘jizalardan biridir.


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.