background
logotype
image1 image2 image3

Do’l, momaqaldiroq va chaqmoqning paydo bo’lishi

... (Alloh) osmondan undagi tog‘(bulut)lardan do‘l yog‘dirib, uni o‘zi xohlagan kishilarga yetkazur va o‘zi xohlagan kishilardan burib yuborur. Chaqmog‘ining yorug‘ligi ko‘zlarni ketkazgudekdir. («Nur» surasi, 43-oyat)

Yuqoridagi oyat do‘l va chaqmoq haqidadir. Do‘l va chaqmoqning paydo bo‘lishi o‘rganib chiqilganda, oyatda muhim bir meteorologik haqiqat ta'kidlanayotganligi ma'lum bo‘ladi. Chaqmoq va do‘lning paydo bo‘lishi haqidagi bugungi meteorologiya» nomli kitob do‘l bulutdagi o‘ta salqin mayda tomchilar va muz kristallaridan iborat hudud orqali tushishi bois, bulutning elektrlanib qolishi to‘g‘risvda ma'lumot beradi. Suyuq mayda tomchilar muzlaydi va do‘l donalari bilan to‘qnashib, bilinmas issiqlik chiqaradi. Bu do‘l donasining sirtini atrofdagi muz kristallarga nisbatan iliqroq tutadi. Do‘l donasi muz kristali bilan ta'sirlashgavda muhim hodisa ro‘y beradi: Sovuqroq ob'ektdan issiqroq ob'ektga elektronlar oqib o‘tadi. Shu tarzda, do‘l donasi manfiy zaryadlanib qoladi. O'ta salqin mayda tomchilar do‘l donasi bilan ta'sirlashganda ham bu hodisa yuz beradi va musbat zaryadlangan mayda muz parchalari ajralib chiqadi. Yengilroq bo‘lgan va musbat zaryadlangan bu zarralar havo oqimi bilan bulutning tepa qismiga olib chiqiladi. Do‘l endi manfiy zaryadli bo‘lib qoladi va bulutning tubiga qarab ravona bo‘ladi, shu yo‘sinda bulutning pastki qismi manfiy zaryadga ega bo‘ladi. So‘ngra bu manfiy zaryadlar chaqmoq bo‘lib zaryadsizlanadi. Bundan shunday xulosaga kelish mumkinki, chaqmoq paydo bo‘lishining asosiy omili do‘ldir.61

Quyidagi oyatda yomg‘ir bulutlari va chaqmoq o‘rtasidagi bog‘liqlikka va paydo bo‘lish tartibiga e'tibor qaratiladi. Undagi ma'lumot fan tomonidan kashf qilingan ma'lumotga o‘xshashdir:

Yoki (yana bir o‘xshatish) osmondan jala keltiruvchi bulut kabidirki, unda zulmat, momaqaldiroq va chaqmoq bo‘lib, (ularning ta'siri va) yashinlar tufayli o‘lishdan qo‘rqib, barmoqlarini quloqlariga tiqib olurlar ... («Baqara» surasi, 19-oyat)

Yomg‘ir bulutlari juda katta massaga ega bo‘lib, ular 20 dan 260 kvadrat kilometr (10 dan 100 kvadrat milya) gacha joyni egallaydi va balandligi vertikaliga 9000 dan 12000 metr (30000 dan 40000 fut) gacha yetadi. Bunday g‘ayrioddiy o‘lchami tufayli, bu bulutlarning pastki qismi qora bo‘ladi. Bu bulutlar katta miqdordagi suv va muz zarralarini o‘z ichiga olganligi sababli, Quyoshning nurlari undan o‘ta olmaydi. Shuning uchun Quyoshning juda oz energiyasi bulutlardan o‘tib, Yergacha yetib keladi. Shu bois, bulutlarga qaragan odam ularni qora rangda ko‘radi.62

Oyatda qayd etilgan zulmatdan keyin momaqaldiroq va chaqmoqning paydo bo‘lish bosqichlari quyidagidek ta'riflanadi: Yomg‘ir buluti ichida elektr zaryad hosil bo‘ladi. Bu muzlash, yomg‘ir tomchilarining bo‘linishi va aloqa paytida zaryadning yuzaga kelishi kabi jarayonlar natijasida kelib chiqadi. Bunday elektr zaryadlarining to‘planishi, oradagi havo ularni ajratishga qodir bo‘lmay qolganda, katta uchqunning, ya'ni musbat va manfiy maydonlar o‘rtasida zaryadsizlanishning sodir bo‘lishiga olib keladi. Ikki qarama-qarshi zaryadlangan maydon o‘rtasidagi kuchlanish 1 milliard voltgacha yetishi mumkin. Uchqun bulutning ichida ham shakllanishi mumkin, ikkita bulut o‘rtasida, musbat zaryadlangan maydondan manfiy zaryadlangan maydonga kesib o‘tishi yoki bulutdan yerga zaryadsizlanishi mumkin. Bu uchqunlar ko‘zni qamashtiradigan yashin urishlarni keltirib chiqaradi. Yashin chizig‘i bo‘ylab elektr zaryadining bunday kuchayishi juda katta issiklik (10000 daraja Selsiy (18030 daraja Farangeyt)) ning hosil bo‘lishiga sabab bo‘ladi. Natijada, to‘satdan havoning kengayishi sodir bo‘ladi, bu, o‘z navbatida, momaqaldiroqli juda qattiq ovozni keltirib chiqaradi.63

Ko‘rib turganimizdek, qora qatlamlar, undan keyin keladigan chaqmoq nomli elektrik zaryadlangan uchqunlar va momaqaldiroq deb ataladigan qattiq ovoz yomg‘ir buluti ichida paydo bo‘ladi. Zamonaviy fanning bulutlar haqida aniqlagan va momaqaldiroq hamda chaqmoq haqida uqtirishi lozim bo‘lgan har bir narsasi Qur'ondagi ta'riflarga to‘liq mos tushadi.

__________
61. C. Donald Ahrens, Meteorology Today: An Introduction to Weather, Climate and Environment (Bugungi kun meteorologiyasi: ob-havo, iklim va muhitga kirish), 3-nashri, (Av. Pol: West Publishing Company: 1988), 437. 
62. Athar Lila, «The Quran and Modern Physics» (Qur’on va zamonaviy fizika), 10 dekabr, 1998; http://webhome. idirect.com/~alila/Writings/Physics.htm. 
63. Yuqoridagi manbadan. 


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.