Barmoq izida yashiringan shaxsiyat
Qur'onda insonni qayta tiriltirish Alloh uchun oson ekanligi ta'kidlanishi bilan bir qatorda, odamlarning barmoq izlariga ham alohida urg‘u berilgan:
Yo‘q! Biz uning barmoq uchlarigacha to‘liq tartib bilan yig‘ib qo‘yishga qodirmiz. («Qiyomat» surasi, 4-oyat)
Har bir kishi, shu jumladan, o‘xshash egizaklar ham, alohida barmoq izlariga ega. Boshqacha qilib aytganda, odamlarning barmoq uchlarida ularning shaxsiy ma’lumotlari kodlangan bo‘ladi. Bunday kodlash tizimi bugungi kunda ishlatiladigan shtrixkod tizimi bilan taqqoslanishi mumkin.
|
Barmoq izlariga berilgan urg‘uning o‘ziga xos ma'nosi bor. Chunki har bir kishining barmoq izidagi shakllar va kichik detallar har bir shaxs uchun yagonadir. Nafas olib turgan har bir inson yoki bu olamda yashab o‘tgan insonlar takrorlanmas barmoq izlari to‘plamiga egadirlar. Bundan tashqari, hatto bir xil DNK ketma-ketligiga ega bo‘lgan o‘xshash egizaklar ham o‘zlarining alohida barmoq izlari to‘plamiga ega.109
Barmoq izlari tug‘ilishdan oldin yakuniy shaklga kiradi va umr bo‘yi, agar doimiy chandiq orttirilmasa, o‘zgarmasdan qoladi. Shu bois, o‘z egalariga yagona bo‘lgan barmoq izlari shaxsiyatni juda ham to‘g‘ri tasdiqlovchi dalil sifatida qabul qilinadi. Barmoq izlari ilmidan shaxsni xatosiz aniqlash uslubi sifatida foydalaniladi.
Barmoq izlarining bu fazilati faqatgina XIX asrning oxirlarida kashf qilinganligi alohida ahamiyat kasb etadi. Undan oldin, barmoq izlari hech qanday ahamiyatsiz yoki ma'nosiz oddiy egri chiziqlar deb tushunilar edi. Ammo Qur'onda, Alloh o‘sha paytda hech kim e'tibor qilmagan barmoq uchlari haqida bizni ogoh qilgan va bizning diqqatimizni ularning muhimligiga jalb qilgan. Bu muhimlik faqat hozirgi kunga kelib to‘liq anglab yetildi.
Barmoq izlari vositasida shaxsni aniqlash usulining qonunga muvofiqligi keyingi yigirma besh yil ichida ko‘plab politsiya mahkamalari tomonidan tasdiqlangan va u qonuniy isbotlangan uslubdir. Bizning davrimizdagi shaxsni aniqlovchi hech bir texnologiya barmoq izlaridek bunday samarali natijalarni bermaydi. Shaxsni tasdiqlash uchun barmoq izlaridan foydalanish keyingi 100 yil ichida qonuniy jarayonlarda va xalqaro e'tiborga molik jarayonlarda qo‘llanib kelinmoqda. («Barmoq izi nima o‘zi?», www.ridgesand-furrows.homestead.com/fingerprint.html)
AndreA. Moensen so‘zining «Fingerprint Techniques» (Barmoq izi usullari) nomli kitobida har bir shaxs yagona barmoq izlari to‘plamiga ega ekanligini tahlil qiladi: «... shu paytgacha turli barmoqlardan olingan ikki barmoq izining bir-biriga aniq mos tushganlik hodisasiga biror marta ham duch kelinmagan.» (Andre A. Moensens, «Barmoq izini tanish «fan»mi?», www.forensicevidence.com/site/ID/ID00004_2.html#ID1)
__________
109. «What is a fingerprint?» (Barmoq izi nima o‘zi?); www.ridgesandfurrows.homestead.com/fingerprint.html
Ko‘p o‘qilgan
- Namoz o‘qish tartibi (rasmlari bilan)
- Peshin, asr, shom, xufton namozlari
- Qur'oni karim ma'nolari va qiroati
- Salovotlar. Istig'for duolari
- Namoz kitobi
- Najotkor duolar
- 6 diniy kalima
- Tahorat olish tartibi (rasmlari bilan)
- Azon
- Namozdan keyingi zikrlar
- Ro‘za kitobi
- G‘usl, tayammum
- Namozdan so‘ng o‘qiladigan boshqa duolar
- Tahorat kitobi
- Islomning o‘zagi bo‘lgan hadislar
- Payg’ambar alayhis-salomning vafot etishlari
- Jamoat kitobi
- Hayit va jum'a namozlari
- Xotinning eriga itoatsizlik qilishi
- Namoz haqida oyat va hadislar
So'nggi maqolalar
- Mujohid ibn Jabr
- Abu Usayd Molik ibn Robia
- Xotib ibn Abu Balto
- Abon ibn Said
- Budayl ibn Varqo
- Abu Sa’laba Xushaniy
- Abu Umoma Bohiliy
- Abu Mahzura Jumahiy
- Abu Abs ibn Jabr Ansoriy
- Rofeʼ ibn Xudayj
- Zaydul Xoyr
- Ummu Kulsum binti Uqba
- Qays Ibn Sa’d
- Navfal ibn Horis
- Solim ibn Ubayd
- Ka’b ibn Zuhayr
- Mehron ibn Mofina
- Hanzala ibn Abu Omir
- Abdulloh ibn Muborak
- Qutayba ibn Muslim
2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.