Al-Hijr xalqi
Samud qavmi Qur'onda qayd etilgan bir qabila bo‘lib, u haqda bugungi kunda ko‘p ma'lumotlar mavjud. Tarixiy manbalar ko‘p yillar ilgari Samud nomli bir qavm mavjud bo‘lganligini tasdiqlaydi. Samud qavmi va Qur'onda qayd etilgan al-Hijr xalqi aslida bitta, deb taxmin qilinadi, chunki Samudning boshqa nomi «Ashaab al-Hijr". Shundan kelib chiqqan holda, «Samud» so‘zi xalqning nomi bo‘lib, al-Hijr esa ular asos solgan shaharlardan biri bo‘lishi mumkin. Aslida, bu aynan Yunon geografi Pliniyning ta'riflari bilan bir xildir. Pliniy Samud qavmining Domosa va Hegra deb ataladigan joyda, bugungi kundagi Hijr shahrida yashaganlari haqida yozadi.250
Samud qavmi tilga olingan eng eski manba Bobil davlati qaydnomalaridir. Ular Bobil podshohi Sargon II ning miloddan avvalgi VIII asrda yashagan odamlar ustidan qozongan zafarlari haqidagi tafsilotlarni bayon etadi. Sargon ularni Shimoliy Arabistondagi jangda yengadi. Yunonliklar ham bu qavm ustida to‘xtalib o‘tganlar va Arastu, Ptolemey va Pliniylar ularga «Thamudaei», ya'ni «Samudlar» deb murojaat qilganlar.251 Payg‘ambarimiz (s.a.v.) davridan, ya'ni taxminan 400-600-yillardan oldin ularga oid barcha izlar tamomila yo‘qolib ketgan edi. (Qarang: Horun Yahyo. Perished Nations, Ta-Na Publishers, Buyuk Britaniya, 2001; Global Publishing, Istanbul, 2002) Bugungi kunda Iordaniyaning janubi-g‘arbidagi qadimiy Petra shahrida bu qavm yaratgan tosh asarlarning eng go‘zal namunalarini ko‘rish mumkin. Haqiqatan ham, Qur'onda Samud qavmining tosh ishlaridagi ustaliklari haqida shunday so‘z yuritiladi:
(Solih uz qavmiga dedi:) «Sizlarni (Alloh) Od (qavmi)dan keyingi xalifa (avlod) qilgani va tekisliklarida qasrlar (qurib) olishingiz, tog‘laridan o‘yib uylar yasab olishingiz uchun sizlarga Yerdan joy berganini eslangizlar! Bas, Allohning ne'matlarini eslangiz va Yer (yuzi)da buzg‘unchilik qilib yurmangiz!» («A'rof» surasi, 74-oyat)
__________________
250. «Hicr» (Hijr), Islam Ansiklopedisi: Islam Alemi, Tarihi, Cografya, Etnografya ve Bibliyografya Lugati (Islom entsiklopediyasi: islom olami, tarixi, geografiyasi, etnografiyasi va bibliogra-fiyasi lug‘ati) Vol. 5/1, 475.
251. Fillip Hitti, A History of the Arabs (Arablar tarixi) (London: Macmillan: 1970), 37.
Ko‘p o‘qilgan
- Namoz o‘qish tartibi (rasmlari bilan)
- Peshin, asr, shom, xufton namozlari
- Qur'oni karim ma'nolari va qiroati
- Salovotlar. Istig'for duolari
- Namoz kitobi
- Najotkor duolar
- 6 diniy kalima
- Tahorat olish tartibi (rasmlari bilan)
- Azon
- Namozdan keyingi zikrlar
- Ro‘za kitobi
- G‘usl, tayammum
- Namozdan so‘ng o‘qiladigan boshqa duolar
- Tahorat kitobi
- Islomning o‘zagi bo‘lgan hadislar
- Payg’ambar alayhis-salomning vafot etishlari
- Jamoat kitobi
- Hayit va jum'a namozlari
- Xotinning eriga itoatsizlik qilishi
- Namoz haqida oyat va hadislar
So'nggi maqolalar
- Mujohid ibn Jabr
- Abu Usayd Molik ibn Robia
- Xotib ibn Abu Balto
- Abon ibn Said
- Budayl ibn Varqo
- Abu Sa’laba Xushaniy
- Abu Umoma Bohiliy
- Abu Mahzura Jumahiy
- Abu Abs ibn Jabr Ansoriy
- Rofeʼ ibn Xudayj
- Zaydul Xoyr
- Ummu Kulsum binti Uqba
- Qays Ibn Sa’d
- Navfal ibn Horis
- Solim ibn Ubayd
- Ka’b ibn Zuhayr
- Mehron ibn Mofina
- Hanzala ibn Abu Omir
- Abdulloh ibn Muborak
- Qutayba ibn Muslim
2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.