Hazrat Ali ibn Abu Tolib o‘gitlari
* Allohning Kitobini o‘rganing, chunki Allohning Kitobi so‘zlarning eng ustunidir. Qur’onga doir bilimlarni egallang, chunki Qur’on qalblarning bahoridir. Qur’on nuridan shifo tilang, chunki Kalomulloh ko‘ksingizdagi kasalliklarga shifodir.
* Payg‘ambarimizning (sollallohu alayhi va sallam) yo‘lidan boringlar, chunki yo‘llarning eng ustuni shu yo‘ldir.
* Alloh taolodan doimo quvvatli bir imon va vujud sog‘lig‘i so‘rang.
* Ey insonlar! Noto‘g‘ri e’tiqodlarga qalbingizdan joy bermang, shunda shubhaga tushmaysiz va inkor etishga yuz tutmaysiz.
* Alloh taolo doim to‘g‘ri bo‘lganlar bilan birgadir. To‘g‘rilik inson uchun sharafdir, najot va ustunlikdir. Yolg‘onchilik esa sharafsizlik, pastkashlik va halokatdir.
* Qarindoshlik haqlariga rioya qiling, chunki qarindoshlik haqlariga rioya qilish umrni uzaytiradi va o‘zaro sevgini orttiradi.
* Yashirincha sadaqa bering, chunki sadaqa gunohlarga kafforat bo‘ladi va Allohning g‘azabini so‘ndiradi.
* Yaxshilik qiling, chunki yaxshilik qilish yomon o‘lim topishning oldini oladi va yomon yiqilishlardan saqlaydi.
* Muttaqiylarga va’da qilingan yaxshiliklarni istang, chunki Alloh taoloning va’dasi va’dalarning eng to‘g‘risidir.
* Qalblarga joylashadigan narsalarning eng xayrlisi imondir.
* Keyinchalik (dinga) qo‘shilgan (asli yo‘q) har bir narsa bid’atdir. U narsani diniga qo‘shgan kimsa bid’atchidir. Kim bid’atlarga berilsa, dinini yo‘qotgan bo‘ladi.
* Chinakamiga zarar ko‘rgan odam dinida zarar va talofat ko‘rgan kimsadir.
* Riyo va dabdaba shirkdandir, ixlos va samimiyat imondandir.
* Qarindoshlik haqiga, garchi ular rioya qilmasalar ham, rioya eting. Sizga yordam bermaganlarga siz yordam bering.
* Kimga nima va’da qilsangiz, va’dangizni bajaring.
* Ikki kishi orasida hukm chiqarayotganingizda adolatli bo‘ling.
* Ajdodlaringiz bilan huda-behuda g‘ururlanib, maqtanmang.
* Bir-biringizga yomon ot qo‘ymang.
* O‘zingizni yerga uradigan hazil-huzuldan yiroq bo‘ling.
* Bir-biringizga jahl qilmang.
* Kuchsizga, mazlumga, qarzdorlarga, Alloh yo‘lidagilarga, yo‘lda qolganlarga, sizdan yordam so‘raganlarga yordam ko‘rsating.
* Beva ayollarga, yetimlarga rahm qiling.
* Hammaga salom bering, sizga berilgan salomga munosib yoki undan ham go‘zal alik oling.
* Yaxshilik va taqvo yo‘lida bir-biringizga yordam bering. Yomonlik va haqsizlik yo‘lida esa bir-biringizga yordam bermang va Allohdan qo‘rqing. Zero, Allohning azobi chidab bo‘lmaydigan darajada og‘ir va shiddatlidir.
* Mehmonni siylang.
* Qo‘shniga yaxshi muomalada bo‘ling.
* Kasallarni ziyorat qiling.
* O‘liklarni chiroyli (sabr bilan) kuzating.
* Doim umid va qo‘rquv ichida bo‘ling.
* Uzun orzular oxiratni unuttiradi. Nafsning hoy-havaslariga berilib uxlash esa kishini haqdan uzoqlashtiradi.
"Hidoyat" jurnalidan olindi.
Ko‘p o‘qilgan
- Namoz o‘qish tartibi (rasmlari bilan)
- Peshin, asr, shom, xufton namozlari
- Qur'oni karim ma'nolari va qiroati
- Salovotlar. Istig'for duolari
- Namoz kitobi
- Najotkor duolar
- 6 diniy kalima
- Tahorat olish tartibi (rasmlari bilan)
- Azon
- Namozdan keyingi zikrlar
- Ro‘za kitobi
- G‘usl, tayammum
- Namozdan so‘ng o‘qiladigan boshqa duolar
- Tahorat kitobi
- Islomning o‘zagi bo‘lgan hadislar
- Payg’ambar alayhis-salomning vafot etishlari
- Jamoat kitobi
- Hayit va jum'a namozlari
- Xotinning eriga itoatsizlik qilishi
- Namoz haqida oyat va hadislar
So'nggi maqolalar
- Mujohid ibn Jabr
- Abu Usayd Molik ibn Robia
- Xotib ibn Abu Balto
- Abon ibn Said
- Budayl ibn Varqo
- Abu Sa’laba Xushaniy
- Abu Umoma Bohiliy
- Abu Mahzura Jumahiy
- Abu Abs ibn Jabr Ansoriy
- Rofeʼ ibn Xudayj
- Zaydul Xoyr
- Ummu Kulsum binti Uqba
- Qays Ibn Sa’d
- Navfal ibn Horis
- Solim ibn Ubayd
- Ka’b ibn Zuhayr
- Mehron ibn Mofina
- Hanzala ibn Abu Omir
- Abdulloh ibn Muborak
- Qutayba ibn Muslim
2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.