background
logotype
image1 image2 image3

Taxtaga qoqilgan mixlar


Doim do‘stlari bilan tortishib yuradigan bir qaysar yigit bor ekan. Bir kuni dadasi unga bir qop mix beribdi.
— Odamlar bilan tortishib qolganingda har safar taxtaga bittadan mix qoq, — debdi.
Yigit birinchi haftadayoq taxtaga o‘ttiz yettita mix qoqibdi. Keyingi haftalarda o‘zini boshqarishga harakat qilibdi va kundan-kunga mix qoqishni ozaytiribdi. Nihoyat, bir kuni bitta ham mix qoqmabdi. Bu holni otasiga kelib aytibdi. Otasi uni taxtaning yoniga yetaklabdi:
—     Bugundan boshlab hech kim bilan tortishmagan kunlaring bittadan mixni sug‘urib olaver, — debdi.
Kunlar o‘taveribdi. Nihoyat, bir kuni taxtada birorta ham mix qolmabdi. Otasi unga:
 Ofarin, yaxshi ish qilding. Endi bu taxtaga diqqat bilan qara, sho‘rlik, ilmateshik bo‘lib ketibdi. Oldingiday chiroyli emas. Odamlar bilan tortishganingda yomon so‘zlar aytgansan. Har bir yomon so‘z ko‘ngilda asorat qoldiradi. Endi do‘stlaringdan uzr so‘rab, yaxshi so‘zlar aytib, qalblariga malham bo‘lishing kerak, debdi.

Muna, Sumayro Abdulloh qizlari tayyorladi.

2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.