Men nega g‘am chekay
Bir zamonlar Balx shahrida ocharchilik boshlandi. Ahvol kundan-kunga og‘irlashib, barchaning yuziga birdek iztirob va g‘am soya solgan edi. Ammo bir qul bu kulfat unga sira aloqasi yo‘qdek doim kulib yurardi. Tabiiy, uning xursandligi boshqalarni hayron qoldiradi. Nihoyat odamlar undan:
– Hamma azob chekayotgan paytda iljayib yurishga uyalmaysanmi? – deb so‘rashadi.
U esa tabassum bilan:
– Nega shod bo‘lmay, nega g‘am chekay? Xo‘jayinimning qo‘l ostida katta bir qishloq va ko‘plab yer-suvi bor. Shunday bir boyning quliman. Egamning kuchi, unga bo‘lgan ishonchim ko‘nglimdan har qanday dardu qo‘rqinchni ketkazadi, – deb javob qiladi.
Bu voqeani kuzatib turganlar orasida Shaqiq Balxiy ham bor edi. Qulning javobini eshitib titrab ketdi va bu holatni uzoq mulohaza qildi. Bir muddatdan keyin ko‘nglidan kechganlarini ifodalab bunday dedi:
– Ey Rabbim, Sen qanchalar ulug‘san! Bu qul Sening mulkingga nisbatan igna uchicha bo‘lmagan bir qishloqqa ega bo‘lgan, o‘zini himoya qiladigan xo‘jayini borligi uchun quvonyapti. Rabbim, Sen butun mulklar Egasisan, borliqning yagona va haqiqiy sohibisan, rizqimizni yetkazishga va’da bergansan, shunga qaramay, nega biz rizq borasida bunchalik g‘amga tushamiz, iztirob chekamiz?!
Rivoyatga ko‘ra, shundan keyin Shaqiq Balxiy umrini Haq yo‘liga bag‘ishladi. Aslo rizq andishasini qilmadi, umr bo‘yi chin tavakkul, xotirjamlik va halovat ichra yashadi. U zot ko‘pincha ushbu jumlalarni takrorlardi:
– Men bir qulning talabasiman. Nimaga erishgan bo‘lsam, uning birgina sabog‘i bilan erishdim.
Toshkent Islom instiuti talabasi Nargiza Masharipova tayyorladi.
Ko‘p o‘qilgan
- Namoz o‘qish tartibi (rasmlari bilan)
- Peshin, asr, shom, xufton namozlari
- Qur'oni karim ma'nolari va qiroati
- Salovotlar. Istig'for duolari
- Namoz kitobi
- Najotkor duolar
- 6 diniy kalima
- Tahorat olish tartibi (rasmlari bilan)
- Azon
- Namozdan keyingi zikrlar
- Ro‘za kitobi
- G‘usl, tayammum
- Namozdan so‘ng o‘qiladigan boshqa duolar
- Tahorat kitobi
- Islomning o‘zagi bo‘lgan hadislar
- Payg’ambar alayhis-salomning vafot etishlari
- Jamoat kitobi
- Hayit va jum'a namozlari
- Xotinning eriga itoatsizlik qilishi
- Namoz haqida oyat va hadislar
So'nggi maqolalar
- Mujohid ibn Jabr
- Abu Usayd Molik ibn Robia
- Xotib ibn Abu Balto
- Abon ibn Said
- Budayl ibn Varqo
- Abu Sa’laba Xushaniy
- Abu Umoma Bohiliy
- Abu Mahzura Jumahiy
- Abu Abs ibn Jabr Ansoriy
- Rofeʼ ibn Xudayj
- Zaydul Xoyr
- Ummu Kulsum binti Uqba
- Qays Ibn Sa’d
- Navfal ibn Horis
- Solim ibn Ubayd
- Ka’b ibn Zuhayr
- Mehron ibn Mofina
- Hanzala ibn Abu Omir
- Abdulloh ibn Muborak
- Qutayba ibn Muslim
2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.