background
logotype
image1 image2 image3

Shukurjon Muhammadiso qizi

ALLOH RIZOSI

Alloh rizosidan ortiqroq ne bor,
Nima bor ortiqroq el duosidan?
Qahhor qarshisida qatorlashganda,
Ne naf bo’lg’usidir mol-dunyosidan?

Qalbim-a, nafasiga qul bo’lib qolgan,
Shom-sahar yod-o’yi pul bo’lib qolgan.
Eslaylik namozu ro’za, zakotni,
Razzoqdan kutaylik rizq-barokatni.

Parvardigor, O’zing bilguvchi zotsan,
Adashganlarga ham ato imon.
Har qanday nuqsondan o’zing ozodsan,
Mo’min bandalarga rahm ayla, rahmon.

Shukurjon Muhammadiso qizi
“O’zbekiston adabiyoti va san’ati” gazetasi, 2000 yil 7 yanvar soni.

 


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.