background
logotype
image1 image2 image3

Gulzebo Ibrohimova

Endi o’ylamayman, men uchun Rabbim
Hamma-hammasini o’ylab qo’yibdi.
Xayron xayrli lahzalarni
Umrim soatiga joylab qo’yibdi.
Alhamdullillah…

Undan o’zgasiga yig’lamam endi,
Ko’zi yoshlaganni kim ham suyibdi.
Undan o’zgasini eslamam, also,
Men uchun hammasini eslab qo’yibdi.
Alhamdulillah…

* * *

TO’RTLIKLAR

O’zing yuragimga g’ayrat ato et,
Seni sevmoq uchun jur’at ato et,
Anjuman chog’ida fikrimni jamlab,
Ismingni eslatib, xilvat ato et.

Bedor ko’ngil also zavol topmaydi,
Ismingdan yorug’roq xayol topmaydi,
“Alastu birobbikum?!”* demish-ku Alloh,
Mo’min bundan ulug’ savol topmaydi.

Ming yilki, ko’zimda mung cho’kib yotar,
Ko’nglim dargohingga yosh to’kib yotar,
Ruhimni O’zingga ko’targin, deya,
Borlig’im ishqingda qon yutib yotar.

Quyosh bo’lgim keldi, oy bo’lgim keldi,
Ajru savoblarga boy bo’lgim keldi,
Kamtarlik bobida: choynakda sovib,
Unitilib qolgan choy bo’lgim keldi.

* “Men sining Rabbingiz emasmanmi?!” - oyat

* * *

Osmon yuksak yaralgan, ammo
Sajdaga egilgan, ruku’ga ketgan.
Tog’lar baland tiklangan, biroq
G’ururga ketmagan, fikrga ketgan.

Yaralgandan buyon shoshgani bilan
Soy vasliga yetib borolmagaydir.
Zimiston kechani yoritgan oy ham
G’ofil dilga shul’a berolmagaydir.

Taqdir hukmi bo’lmasa, shamol
Xazon bo’lgan bargni uzolmagaydir.
Haqni zikr etmasa, baliq
Dengizning tubinda so’zolmagaydir.

Base, ojiz banda, jurmu isyon na,
Najot faqat itoatdadir.
Shabnam tomchisida tahorat qilgan
Hatto maysalar ham ibodatdadir…

Gulzebo Ibrohimova


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.