background
logotype
image1 image2 image3

Erkin Madolimov

PANJARA

Meboda ochiqda duch kelib qolsa,
Sherga musht ko’tarib o’ynay olar kim?
Panjara ichida turgan holiday,
U qarab turadi odamlarga jim.
G’iybatchi dastidan jahli chiqsa-da,
Sherdayin g’azabga berilmas inson.
Buzmay, deb o’zgalar tinchin u boqar,
Iymon panjarasi ortidan shu on.

BIR DAVRA HAQIDA

Tugilgan mushtdayin ahil ko’ringan,
Davraning men ham bir mehmoni edim.
Avval bu yig’indan dil bo’ldi ravshan,
Keyin borganimga pushaymon edim.
Ichkilik boshlanib, betayin so’zlar,
Ko’plarni badnomu yuz qaro etdi.
Go’yoki mushtdayin jamul jam do’stlar,
Bir siqim tuproqday sochilib ketdi.

Erkin Madolimov


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.