background
logotype
image1 image2 image3

Alisher Navoiy

NA’TI RISOLATPANOH SALLALLOHU ALAYHI VASALLAM

Yo Rasululloh, alfa-alfa salom,
Bika zul-jaloli val ikrom.

Chun Tangri seni bebadil qildi,
Har latofat aro masal qildi.

Olam ahli raiyating bo’libon,
Borig’a din vasiyating bo’libon.

Bu raiyatqa rahmat aylab Iloh,
Kim, berib boshlarig’a sen kabi shoh.

Gar savoding yo’q ersa ne g’amdur,
Azbar etding chu siri Lavha Qalam.

Anbiyo xaylikim, kelib mursal,
Ham sen oxir alarg’a ham avval.

Barchaning farqi uzra bo’lmoq toj,
Senga fosh etdi laylatul me’roj.

Alisher Navoiyning “Sab’ai sayyor” dostonidan


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.