background
logotype
image1 image2 image3

Uxlashning yetti odobi

1.    Uyqudan oldin uch marta “Bismillaziy la-a yazurru ma’asmihi shay0un fil arzi va la-a fis-sama-i va huvas-sam’iul ‘aliym” (Ismi bilan yeru osmondagi hech narsa zarar bermaydigan va eshituvchi, bilguvchi zot nomi ila), desa, hech narsa, na ilon, na chayon, na boshqa narsalar zarar qiladi. 
2.    Uxlashdan oldin eshiklar yopiladi, idishlar og’zi berkitiladi, to’shak uch bora silkib qoqiladi, to’shalgan o’rin yeng yoki boshqa mato bilan supuriladi, o’t va chiroqlar o’chiriladi. Bu ishlarning barchasi Rasulullohning (s.a.v.) o’gitlaridir.
3.    Ulamolar uyquni kichik o’lim deydilar. Chunki Payg’ambarimizdan (s.a.v.) yotganda: “Bismikallohumma amutu va ahyo” (Alloh nomi bilan o’laman va tirilaman), degan duoni aytish naql qilingan.
4.    O’rin ortiqcha yumshoq qilinmaydi. Yuzni qiblaga qarataib, o’ng qo’lga suyangan holda yotiladi.
5.    Payg’ambarimiz (s.a.v.) uxlashdan oldin tahorat qilib, kiyimlarini yechar, o’rinlariga o’tirib, Ixlos va ikki “Qul a’uzu” ni o’qib, ikki kaftlariga dam urar edilar, so’ng kaftlarini boshlariga va butun a’zolariga surardilar. Keyin o’ng kaftlarini o’ng yuzlariga qo’yib, o’ng tomonlari bilan qiblaga qarab yotar edilar.
6.    Uyqudan turganda Bismilloh va hamd aytiladi.
7.    Yaxshi tush ko’rilsa, izhor qilinadi va shukr aytiladi. Yomon va parishon tush ko’rilsa, hech kimga aytilmaydi, chap tarafga uch bora tuflanib, u tushning yomonligidan panoh so’raladi.

Muhammad Sodiq Qoshg’ariyning “Yaxshi kishilar odobi” kitobidan

2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.