background
logotype
image1 image2 image3

Kimda ikki xislat bo‘lsa

Ikki xislat

Kimda ikki xislat bo‘lsa, Alloh uni sevadi:
1.    Taqvo.
2.    Go‘zal xulq.

Kimda ikki xislat bo‘lsa, odamlar uni sevishadi:
1.    Saxovat.
2.    Yaxshi amallarni ko‘paytirish.

Kimda ikki xislat bo‘lsa, o‘rtoqlari uni sevishadi:
1.    Ochiq chehra.
2.    Yaxshi muomala.

Kimda ikki xislat bo‘lsa, birodarlari uni sevishadi:
1.    Ularning yaxshiliklarini esda tutish.
2.    Yomonliklarini unutish.

Kimda ikki xislat bo‘lsa, shogirdlari uni sevishadi:
1.    Ilmni yetkazish yo‘lida izlanish.
2.    Ularga nisbatan kechirimli bo‘lish.

Kimda ikki xislat bo‘lsa, ustozlari uni sevishadi:
1.    Ularni tez anglash.
2.    Hurmatlarini joyiga qo‘yish.

Kimda ikki xislat bo‘lsa, oila ahli uni sevadi:
1.    Ularga nisbatan yaxshi muomalada bo‘lish.
2.    Ularning tashvishlarini anglash.

Kimda ikki xislat bo‘lsa, boshliqlari uni yoqtirishadi:
1.    Ularga chiroyli itoatda bo‘lish.
2.    Buyruqlarini chiroyli shaklda bajarish.

Kimda ikki xislat bo‘lsa, uni Alloh ham, odamlar ham birdek yaxshi ko‘radi:
1.    Yaxshilik qilish.
2.    Aziyat berishdan chetlanish.

Eng xavfli narsa
Oila uchun xatarli narsalardan biri ota yoki onaning farzandlarini erkalatish va xatolarini yashirishda birini ikkinchisidan ustun ko‘rishidir. Bundan ham xatarlirog‘i bolalaridan birini boshqasidan ustun ko‘rishini ochiq bildirishdir.
Bunday adolatsizlik aka-uka va opa-singillar orasiga dushmanlik urug‘ini sepadi.

Kim tarbiyachi?
Xotinning tushunchasi kasal, er esa dangasa, bolalarni kim tarbiya qiladi?

Mo‘tadillik
Yaxshi ko‘rish va yomon ko‘rishda haddan oshma! Goho do‘sting dushmanga, dushmaning esa do‘stga aylanishi mumkin.

Yaxshilar va yomonlar
Odamlar o‘z vazifalarini chiroyli bajarishmasa, Alloh taolo ularning ishini yomonlarga topshirib qo‘yadi.

Sabrning boshi va oxiri
Sabr oldiniga huzursizlik, keyin esa halovat ato qiladi.

“Hidoyat” jurnalining 2009-yil 1-sonidan olindi.


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.