background
logotype
image1 image2 image3

Xusrav Dehlaviy

Xusrav Dehlaviy (1253-1325) - fors, urdu tillarida ijod qilgan shoir, “Xamsa” muallifi.



Aqal bir mushukka bo‘lsang mehribon,
Demak salomatdir sendagi iymon.
     
Agar sen ilmning bahosini bilmoqchi bo‘lsang, donolardan so‘ra. Quyoshning shu’la taratishini ko‘zi ravshanlardan so‘ra. Nodon sening qancha javohirga egaligingni qayoqdan bilsin, qimmatbaho gavhar qadrini sen bizlardan so‘ra!
Majididdin Xavofiy Chin olim hiyladin uzoqdir, uzoq, Nurning o‘z soyasi bo‘lmaydi hech choq.
    
Kishi farosatda qancha nogiron,
Aybini oqlashda shuncha bilag‘on.
     
Bil, oyoq ostingda yurgan chumoli,
Bir donga garovdir yuz joni-holi.
     
Ochlikda qolmasa chidam va toqat, Ba’zan arpa non ham ko‘rinar novvot.
     
Tok sharob beradi g‘o‘radan keyin,
Buta gul ochadi g‘unchadan keyin.
     
Saxiy, mardlar yozsa dasturxon,
Hatto itga tegar ustixon.
     
Pinhon tutsang yo‘qolur, bersang o‘zingda qolur.

Gul atri mushknikidan ortiqroqdir, qurib qolsa xashakdan farqi yo‘qdir.
     
Xasis xazinaga yetishsa nogoh,
Hirsidan yo‘lini yo‘qotar gumroh.
     
Daraxt o‘rniga gar eksang tikan,
Shunday tikan ekki, gul bersa ekan.
         
Hech kim ko‘tarilib bo‘lolmas rahbar,
Agar u bo‘lmasa raiyatparvar.
     
Chumolini cho‘qib qirar qirg‘ovul,
Oxir qarchig‘aydan o‘z holi mushkul.
     
Dema: mingni jangda qirib tashlayin,
Qani, bittaga jon beru mard deyin.
     
Mumkinmi chivinni qilichda chopmoq, Sher nechuk pashshaga urgay shapaloq!?
     
Olamda kun yo‘qki bilmasa zavol,
Abadiy qolmaydi bu husnu jamol.
     
Bu charxga etdilar juda ko‘p nazar,
Ip uchi hech kimga bo‘lmay muyassar.
     
O’tib ketgan yilingdan top-chi bir kun,
Bugun qaytib kelurmu kechagi kun!?
     
Yuz yil tegirmon charx aylanganda ham,
Daryodan bo‘lurmi bir qatra suv kam!?
     
Aslida shundaydir gumbazi jahon,
Qaytarar har nima deganing zamon.
     
Bu eski olamda aylag‘il bunyod -
Bir narsaki, xalqing etsin seni yod.
     
Agar pinhon xazina - aql,
Uning kaliti og‘izdagi til.
     
Go‘shtni kesar tig‘ ko‘p olamda, bilg‘il,
Lek go‘shtdan bo‘lgan tig‘ - bir zahri qotil.
     
Dengiz uzra ko‘prik yasamoq oson.
     
Karga aytmoq bo‘lsang siringni toza, Avval boshqalarga bo‘lur ovoza.
     
Do‘stlaring ko‘payar farovonlikda, ularni sinab ko‘r notavonlikda.
     
Istasang dunyoda baxtu saodat,
Aylagil qardoshlar diydorin odat.
     
Kim ari nishiga qilolmas toqat,
Asalni ko‘radi uzoqdan faqat.
     
Vafo ko‘rsang birovdan qilma hayrat,
Vafo qilding, vafo bo‘ldi mukofot.


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.