background
logotype
image1 image2 image3

Sufyon Savriy

Sufyon Savriy (vafoti 161/777) - dastlabki faqih va zohidlardan, tasavvuf shayxi.



Ilm amalni chaqiradi. Agar ijobat etsa, ilm qoladi. Ijobat etmasa, ilm ketib qoladi.
 
Muhabbat - Allohning Rasuliga ergashmoqdir. Muhabbat - Allohni doimo yodda tutishdir.
 
Odamlar orasida besh aziz va ulug‘ toifa borki, ularni izzat qilmoq dunyo ahliga vojibdir: avval - amalli olim, ikkinchi - parhezkor so‘fiy, uchinchi - tavoze’li boy, to‘rtinchi - yo‘qchilikka sabr qilib, shukr aytuvchi kambag‘al, beshinchi - sunnatga amal qiladigan sayyid.
 
Allohga sevgisi bo‘lgan biron kimsani sevgan odam Allohni sevadi. Allohga itoatli kimsani siylagan odam Allohni izzat-ikrom qilayotgan bo‘ladi.
 
Bu dunyoning ne’matlari bamisoli ilohiy g‘azabga uchraganday nopok kishilarga nasib bo‘ladi.
 
Badaning uchun dunyoni, ko‘ngling uchun oxiratni lozim tut. Dunyo tanni semirtiradi, oxirat fikri ko‘ngilni o‘stiradi.
 
Bozor   ahlining   kiyimlariga   aldanmanglar.   U   kiyimlarning   ichida bo‘rilari bordir.
 
Hech bir narsamni davolash nafsimni tarbiyalash va uni davolashchalik menga og‘ir kelmadi. Chunki u goh men taraf bo‘lar, goh menga qarshi chiqardi.
 
Kimki qabr zikrini ko‘paytirsa, uni jannat bog‘laridan bo‘lgan bog‘dek topadi, kimki o‘shandan g‘ofil qolsa, uni do‘zax chohlaridan bo‘lgan chohdek topadi.
 
Menga kamonning o‘qini otgani tili bilan otgandan yaxshiroqdir. Chunki tilining otgani xato qilmaydi, o‘qni otsa, gohida xato ketadi.
 
Shahvat tufayli qilingan gunohlar kechirilishiga umid qilsa bo‘ladi, chunki Odam alayhissalomning adashishi shahvatdan bo‘lgan edi. Ammo kibr tufayli qilingan gunohlarning avf etilishiga umid yo‘q, chunki shayton kibri sababli kechirilmas gunohga qoldi.
 
Kimki namozni shikasta dil va ojizlik bilan ado qilmasa, ibodati durust bo‘lmaydi.


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.