background
logotype
image1 image2 image3

Qobus

Qobus (XI-asr) - fors-tojik shoiri.



O’zini bilimdon deydigan nodondan qoch.
  
Bilgilki, ahmoqlarga yaxshi javob - sukut.
  
Johilni johillikdan asrashdan ko‘ra, borki narsalarning barini johillikdan asrash osonroqdir.
  
Qo‘rquv bilmayin desang, yovuzlik qilma.
  
Odamlarga zarari ham, foydasi ham tegmaydigan kishidan faqirroq odam yo‘q.
  
Yaxshi so‘zla, ammo mahmadona bo‘lma! Ezmalik kaltabinlikdir.
  
Yolg‘onligi avvaldan ma’lum gapni haqiqat deyishdan ham ortiq hayosizlik yo‘q.
  
Nodon do‘st do‘st bo‘laturib shunday kunlarni boshingga soladiki, bu yuzta dono dushmaningning ham qo‘lidan kelmaydi.
  
Dushmanlaring bilan apoq-chapoq bo‘lgan do‘stingdan qo‘lingni yuvib, qo‘ltig‘ingga ur.
  
Nafratimizga   uchragan   kimsalarning   yordamiga   muhtoj   bo‘lish   og‘ir musibatdir.
  
O’zgalar oldida berilgan nasihat ta’nadek botadi.
  
Yangi do‘st orttirsang, eskisidan yuzingni burma.
  
Odam do‘stsiz qolgandan ko‘ra aka-ukasiz qolgani afzal.
  
Qadahboz do‘stlaringni do‘st dema, chunki ular senga emas, qadahingga do‘st.
  
Agar sevsang, muhabbatingga arziydiganni sev.
  
Sevgisiz odam - odam emas.
  
Yaxshi xotin - jon malhami.
  
Azob chekishni istamasang, hasadgo‘y bo‘lma.
  
G’azablanganingda g‘azabingni bosishni o‘zingga majburiyat bil.
  
Yetti boshli ajdardan emas, tilyog‘lama odamdan qo‘rq.


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.