background
logotype
image1 image2 image3

Qayum Nosiriy

Qayum Nosiriy (XIX asr) - tatar ma’rifatparvari, “Favoqih al-julaso” asari muallifi.



Mehmonga borsang, uy egasi ko‘rsatgan joyga o‘tir. Nimani keltirsa, indamay ye. Mezbon tashqariga chiqsa, o‘rningdan turma, ruxsatsiz narsa qidirma. Goh buni, goh uni ushlayverma. Ammo kitoblari turgan bo‘lsa, ko‘rish mumkin.

Hakimlarning aytishicha, xushmuomalalikning o‘nta belgisi bor: insof, aql, ilm, hilm, oliyjanoblik, ko‘rkam fe’l, yaxshilik, sabr, shukr, muloyimlik.

Birov seni o‘zingda yo‘q sifatlar bilan madh etsa, unday odamga ishonma. Chunki u senda yo‘q yomon sifatlar bilan boshqa yerda seni yomonlashga qodir.


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.