background
logotype
image1 image2 image3

Pahlavon Mahmud

Pahlavon Mahmud (1247-1326) - ulug‘ o‘zbek mutafakkir shoiri, ruboiylarini fors tilida yozgan.



Oqil ahli hirsga giriftor bo‘lmas,
Hasad qilgan bilan tillo xor bo‘lmas.

Yoinki bir asr zindonda yotmoq, 
Nodon suhbatidan ko‘ra yaxshiroq.

Borma aytmaganning dasturxoniga,
Qo‘l uzatsang, qadring tushar noniga.

Ko‘nglimizga qo‘nmas birovdan g‘ubor,
Bizdan ham birovga yetishgay ozor.

Yoyni egri ko‘rib, to‘g‘riligidan o‘q undan qanchalik qochganiga boq.

Kimdaki bo‘lmasa zamona g‘ami,
Yo olamdan emas, yo emas odam.

Buzuq devorlardan tashvish bor, lekin,
Siniq ko‘ngillardan ko‘proqdir tashvish.

Do‘st uyida mehmon bo‘lgan vaqtingda qo‘lingni, ko‘zingni, tilingni tiya bil.


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.