background
logotype
image1 image2 image3

Nosir Xisrav

Nosir Xisrav (1004-1088) - tiniqli fors-tojik shoiri, davlat arbobi, «Ro‘shnoinoma», «Saodatnoma», «Safarnoma» kabi asarlari bor.



Keksa kishi bo‘lsa nodonu johil, aqlli go‘dakni undan afzal bil.
 
Ziyraklar suhbati etar baxtiyor,
Nodon nafida ham doim zarar bor.
 
Kishini ranjitmoq juda ham yengil,
Ko‘nglin olmoq esa, unday emas, bil.
 
Yaxshilik qilmishdir kim senga bir bor,
Yodingdan chiqarma sen uni zinhor.
 
Odam tilidadir baloning bari,
Tilda har kimsaning foyda-zarari.
 
Kishida tavoze’ aqldan darak,
Ulug‘lik karamdan topadi bezak.
 
Do‘st do‘stdir asli qilmishi bilan,
Do‘st emas «do‘stingman», deyishi bilan.
 
Chinakam do‘st aytgan har o‘git, masal -Sirti zahar erur, tomiri - asal.
  
Ayol, bil, lutfu himmatga sazovor,
Go‘dakdek mehru shafaqatga sazovor.


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.