background
logotype
image1 image2 image3

Muhammad Zehniy

Muhammad Zehniy - mashhur turk olimi, arab tilida yozgan «Muqattaoti arabiya» (Arabcha hikmatlar) kitobi Sharqda mashhur.



Nodon odam molni, aqlli odam esa fazlu kamolni qidiradi.
   
Pulu molga bo‘lgan tashnalik suvga bo‘lgan tashnalikdan ko‘ra dahshatlidir.
   
Sabrning avvali achchiq, oxiri esa shirin.
   
Og‘irchilikda sabr qilish - eng ulug‘ ne’mat.
   
Boylikning yaxshisi haloldan topilgani va savobli ishlar uchun sarf etilganidir. Boylikning yomoni haromdan topilgani va harom ishlar uchun sarf etilganidir.
   
Baxil kishi o‘z mol-mulkining qorovuli va o‘zgalarga qoldiradigan merosning xazinachisidir.
   
Odamlarning yaxshirog‘i o‘z qalbida yaxshilikka yo‘l ochgani va yomonlikni hamda ochko‘zlikni haydab chiqarganidir.
   
Javobga shoshilgan kishi xatoga yo‘l qo‘yadi.
   
Kimki o‘z fikriga mag‘rurlanib ish tutsa, yo‘ldan adashadi. Kimki o‘z aqliga suyanib, o‘zgalar bilan hisoblashmasa, xorlik tortadi.
   
Kishidan hayo ketsa, tezdagina balo yetib keladi.
   
Bolalar o‘z otalaridan meros qilib oladigan uch afzal narsa bor: xushmuomalalilik, odob va sadoqat.
   
Kishining toyishi oyog‘ini qonatadi, tilning toyishi barcha ne’matdan mahrum etadi.


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.