background
logotype
image1 image2 image3

Muhammad Nurulloh Saydo Jazariy

Muhammad Nurulloh Saydo Jazariy (1953-1987) - Naqshbandiya tariqati ustozlaridan, turkiyalik.



Islom dinining jaholatdan kattaroq va qo‘rqinchliroq dushmani yo‘qdir.
        
Haqiqatan   insonning  yaratilishidagi   asl   g‘oya   uning  o‘z   Yaratuvchisiga chiroyli bandalik qilmog‘idir.
        
G’aflatda qolgan iymon o‘z egasiga hech bir kuch va ozuqa bera olmaydi. U bir xayol sifatida kelib-ketgan tushdagi ovqatga o‘xshaydi. Demak, g‘aflat uyqusidan uyg‘onmoq lozim.
        
Qalb g‘aybga va ma’naviy olamga, aql esa zohirga va moddiy olamga ochilgan darchadir. U holda birinchini ikkinchi bilan izlash - ahmoqlik, ikkinchini birinchi bilan izlash esa g‘aflat va nodonlikdir.
        
Quyosh o‘simliklarni harakatga keltirganidek, zikr ham ruhiy unsurlarni harakatga keltiradi.
        
Dunyoning ichiga kir, sayr qil, ammo ehtiyot bo‘l - dunyo sening ichingga kirmasin!
        
Binoni me’morsiz, amrni amr qiluvchisiz, tadbirni chora-tadbir oluvchisiz, dasturni tuzuvchisiz, mahkamani hokimsiz, san’atni san’atkorsiz, ishni bajaruvchisiz tasavvur qilish mumkin bo‘lmaganidek, aqllarni hayratlantirgan bu koinot ham o‘z Yaratuvchisiga egadir.
        
Bilib qo‘yki, sen o‘z dunyongda amaling urug‘larini ekmoqdasan. Dunyong -sening dalang. O’lim oni - yig‘im-terim zamoning, oxirat esa xirmoningdir. Nima ekkan bo‘lsang, o‘sha narsani yig‘ib-terib olasan, xolos.
        
Inson nafsi yomon sifatlarga ega bo‘lsa, undan qutulmagunicha his olamidagi ma’nolarni, moddaning ortidagi aql va xayol chegaralarini mushohada qilolmaydi.
        
Ey voh! Eng shafqatsiz zarba o‘zimga o‘zimdan kelganini his etdim. Lekin juda kech.
        
Kuchlining nayzasi kuchsiz otgan nayzaga nisbatan ko‘proq nishonga tegishi mumkin bo‘lganidek, manmanlik va riyo shubhasidan xoli so‘zlar ham qalblarga ko‘proq ta’sir qiladi.
        
Ko‘zni ayollarga tikishdan, ularning suratlarini tomosha qilishdan tiymoq kerak. Aqlning so‘nishiga, hayo pardasining yirtilishiga va eng muhimi, ibodatning «mazasi» yo‘qolishiga asosiy sabab ana shudir.
        
Ko‘z haromga qaraganida vijdonni, qalbni g‘am-alamlar, buzuq zaharli fikrlar, xaroblik va razolat qoplaydi. Shahvoniy kuchlar harakatga kelgudek bo‘lsa, odam o‘zi bilmagan va sezmagan holda halokatga, razolatga va buzuq o‘y-fikrlar girdobiga tushib qoladi.
        
Haromga qarashlik orzusi ruhni qoraytiradi. Qop-qora, sim-siyoh bo‘lib balchiqqa bulg‘angan ruhdan qalbga faqat zahar tomchilaydi.


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.