background
logotype
image1 image2 image3

Muhammad Kamol Pilav

Muhammad Kamol Pilav - turkiyalik mutafakkir olim, uch yuzdan ortiq ilmiy-ma’rifiy asarlari bor.


Jaholatni ilm bilan yo‘q qilishga harakat eting. Har bir ishni ilm bilan hal qilinglar.
    
Ilm insoniylik tojidir. Insonlar faqat u bilan ulug‘lanadi. Mol-mulk esa johilning g‘ururlangan matosidir. Bu mol-mulk sarf bo‘lishi bilan johillar halokatga uchraydi.
    
Tavhid ilmini bilmagan bu dunyoga kelish va ketish mohiyatini tushunmabdi.
    
Haqiqiy nur iymondir. Haqiqiy nurni topgan haqiqatni ko‘radi, haqiqatni eshitadi.
    
Namozdan huzur topishga harakat qil. Namozda huzur topmaganlar behalovat yashaydilar.
    
Axloqning asosi iymonga bog‘liqdir. Iymonsizning axloqi bo‘lmaydi.
    
Nurga yetishgan qorong‘ulikdan xalos bo‘lganidek, iymonga erishgan ham soxtalikdan qutuladi.
    
O’lim qo‘rqinchi faqat iymonsizning qalbini zabt etadi, titroqqa soladi. Iymon ahli esa buni Haqqa yetishish, deb bayram qiladi, sevinadi.
    
Iymon seni g‘am-qayg‘uga yo‘llamaydi, qiyinchilik kelsa har doim unga yuzlan. Chin ixlos bilan Allohni yordamga chaqir. Uning O’zi senga kifoyadir.
    
Orifga ehtiyoj shifokor tabibning zaruratiga o‘xshaydi. Oriflar ma’naviy xastalikni, tabiblar moddiy xastalikni muolaja etadilar.
    
Haqiqiy e’tiqod haqiqatga eltadi. Asossiz e’tiqod esa insonlarni noto‘g‘ri yo‘lga boshlaydi. Sen haqiqiy e’tiqodga talabgor bo‘l!
    
Shuhrat ofati Haq sevgisini so‘ndiradi.
    
Johilning bilaman, deyishi - ko‘rning ko‘raman deyishiga o‘xshaydi.
    
Qalbning qanaqaligini amal ko‘rsatadi.
    
Inson uchun har qanday mag‘lubiyat bir tajribadir. Mag‘lubiyatlardan saboq olganlar kelajakda g‘alabalarni qo‘lga kiritadilar.
    
Bizdan oldin kelib-ketganlarning bu dunyoda izlari bor, bizdan keyin keladiganlarga esa biz iz qoldiramiz. To‘g‘ri iz qoldirgan kishi qandayin baxtli!
    
Dunyo g‘ami o‘tkinchidir. Abadiy qoladi, deb siqilma.
    
Boyning bir ko‘zi kambag‘alda bo‘lishi kerak. Bir qo‘lini kambag‘alga berishi lozim. Kambag‘aldan yuz o‘girgan boyning ko‘zlari xoin ko‘zdir.
    
Yetim va yo‘qsillarning hayotini o‘ylagan kishining qalbi pokdir.
    
Insoniylik shafqat va marhamat bilan boshlanadi va nihoyasiga yetadi. Insoniylikning asli shafqat va marhamatdir.

Asal yegan og‘iz ham, quruq non yegan og‘iz ham oxir-oqibat tuproqqa to‘ladi. Faqat haq so‘zni aytib yurgan og‘izgina chirimaydi. Haq nazdida eng qiymatli og‘iz shudir.
    
Ey inson! Qalbingda zarracha kibr bo‘lsa, sen hali musulmonlikni tushunmabsan. Toat-ibodating Alloh huzurida maqbul bo‘lmaydi.


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.