background
logotype
image1 image2 image3

Mahmud ibn Muhammad

Mahmud ibn Muhammad (XI asr) - «Odob ul-muziyfin va zodul-oqiliyn» nomli forscha asar muallifi.



Mehmonga xos bo‘lgan odoblardan biri shundayki, kimki mehmonga taklif etilsa, rad qilmay borish kerak. Borganda esa uyning yuqorisini ko‘zlamay, uy sohibi qaerni ko‘rsatsa, o‘sha joyga o‘tirish lozim. Kirayotganda va o‘tirayotganda ta’zimu tavoze’ni unutmasin. O’zlari xohlamay turgan ikki odamning orasiga suqilib o‘tirilmaydi, chunki ularning suhbatiga to‘sqinlik qiladi.

Mehmon rioya qilishi lozim bo‘lgan odoblardan yana biri shuki, mehmon mezbonga ish buyurmasin. Chunki buyurgan ishini bajarish uy sohibiga og‘irlik qilishi mumkin. Agar mehmondan qanday ovqat qilib berish haqida so‘ralsa, yengil ovqatni tanlasin. Ulug‘ kishilar doimo shunday qilishgan.


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.