background
logotype
image1 image2 image3

Luqmoni Hakim

Luqmoni Hakim - Qur’onda nomi kelgan ulug‘ zotlardan, payg‘ambar yoki valiy ekanligi xususida ixtilof bor, axloqiy o‘git va tibbiy nasihatlari ko‘p.



Ey o‘g‘lim, sen olimlar bilan o‘tir. Ularning orasiga kir, chunki Alloh taolo yerni osmon suvi bilan tiriltirgani kabi qalblarni hikmat nuri bilan tiriltiradi.

Ey o‘g‘lim, Allohni zikr qilayotgan qavmni ko‘rsang, ular bilan birga o‘tir. Chunki olim bo‘lsang, ilmingga foyda beradi, ilmsiz bo‘lsang, senga ilm o‘rgatadilar.

Xudodan qo‘rqish, xalqqa insof qilish, ulug‘larga xizmat, kichiklarga shafqat, darveshlarga saxovat, do‘stu yoshlarga nasihat, dushmanlarga yumshoqlik, johillarga sukut, olimlarga tavoze qilish bilan yasha, birovning moliga tama’ ko‘zi bilan boqma.

Barcha yukni ko‘tardim, ammo burchdan og‘irroq yukni ko‘rmadim. Barcha lazzatni totib ko‘rdim, ammo salomatlikdan chuchukroq lazzatni totmadim. Eng shirin lazzat sog‘-salomatlikda ekanini angladim.

 


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.