background
logotype
image1 image2 image3

Ka’bul Axbor

Ka’bul Axbor (vafoti 23/652) - xalifa Umar davrlarida musulmonlikni qabul qilgan yamanlik yahudiy, isroiliyot va musulmon rivoyatlarining eng eski roviysi hisoblanadi.



Mo‘minlarga shaytondan himoyalanish uchun uchta qo‘rg‘on bor: masjid, Allohni zikr etish va Qur’on o‘qish.

Allohdan qo‘rqib yig‘lashim va ko‘z yoshlarimning yuzimga oqishi tanam og‘irligicha tilloni sadaqa qilishimdan yaxshiroqdir. Qaysi banda Alloh taolodan qo‘rqib yig‘lasa-yu, ko‘z yoshidan bir tomchi yerga tushsa, toki tomchi osmonga chiqib ketmagunicha unga do‘zax o‘ti tegmaydi. Holbuki, osmondan tushgan tomchi qaytmagani singari u ham hech qachon samoga qaytmaydi. Dunyoda Allohdan qo‘rqib yig‘lagan kishiga hech qachon do‘zax o‘ti yetmaydi.

Bizlar Allohning o‘z payg‘ambarlariga nozil qilgan kitobida quyidagi so‘zlarini topdik: «Kimni Meni zikr etish mashg‘ul qilib, Mendan so‘rashni unuttirsa, unga Mendan so‘raganlaridan ham oliyrog‘ini beraman».

Xalq yaxshi bo‘lsa, yaxshi boshliq keladi, xalq yomon bo‘lsa, yomon boshliq.

Qiyomat kunida mutakabbirlar odamlar suratidagi mayda chumoli holatida keltiriladi. Ularni har tomonlama xorlik o‘rab oladi. Olovlardan bo‘lgan do‘zaxga yo‘naltiriladi hamda do‘zax ahlidan siqilgan suv bilan sug‘oriladi.

Payg‘ambarlarning kitoblarida o‘qidim. Kim g‘iybatdan tavba qilib o‘lsa, u jannatga kiruvchilarning oxiri bo‘ladi. Kim g‘iybatni davom ettirib o‘lsa, u do‘zaxga kiruvchilarning birinchisi bo‘ladi.


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.