Abu Lays Samarqandiy
Abu Lays Samarqandiy (h. 301-310 - 396-1003) - Movarounnahrning ulug‘ faqih va muhaddis olimlaridan, «Tanbeh ul-g‘ofilin», «Bo‘ston ul-orifin» asarlari mashhur.
Alloh har bir qalbga ilm gavharini solganki, bandasining qunt-matonati, mehnati davomida doimo sayqal topur.
Farzandingning tili kalimaga juftlangan kundan boshlab, uning ongiga quyidagi uch muborak jumlani quymog‘ing farzdir: “Assalomu alaykum”, “Bismillahir rahmonir rahim”, “Allohu akbar”.
Kim olimning oldiga kelib, u bilan birga o‘tirsa, uning ilmini egallashga qodir bo‘lmasa ham, unga yetti yaxshilik bordir.
Allohga taqvo qilish hamma yaxshilikni o‘z ichiga oluvchi ko‘p ma’noli kalimadir, uning ma’nosi - Alloh taologa itoat qilish, gunoh ishlardan qochish, Yaratganning zikrini doimo qilish, bergan ne’matlariga shukr aytishdir.
Oqil kishi dunyodagi rizqiga rozi bo‘ladi va mol to‘plashga mashg‘ul bo‘lmaydi. Oxirat amallari bilan shug‘ullanadi. Chunki oxirat qaror topish va ne’matlar uyidir. Dunyo foniylik uyi, u xiyonatkor, fitnakordir.
Bilingki, banda yaxshilarning darajasiga aziyatlar va mashaqqatlarga sabr qilish bilan erishadi.
Fazilat ahlini haddidan oshirmasdan hurmat qilish mustahabdir. Biror kishini boyligidan umid qilib, boy bo‘lgani uchun hurmat qilish joiz emas.
Ziyofatdan maqsad - boyligini ko‘z-ko‘z qilish va maqtanish bo‘lmasligi kerak. Faqatgina Payg‘ambarimizning odatlarini qilish, mo‘min birodarlar orasida mehr-oqibatni davom ettirish va ularning qalbiga surur berish bo‘lmog‘i lozim.
Gunohlarning zulmdan-da kattarog‘i yo‘qdir... Zolim qilgan zulmi uchun tavba qilsin, zulm bergan kishisidan kechirim so‘rab olsin. Agar qodir bo‘lmasa, uning uchun istig‘for aytsin, duo qilsin.
Alloh taolo fahm-farosat bergani, g‘aflat uyqusidan uyg‘otgani, bu dunyodan o‘tib, oxiratini o‘ylaydigan qilib qo‘ygani naqadar yaxshidir.
Dunyoda tilni saqlashlik oxiratdagi pushaymonlikdan yengilroqdir.
Kibr kofirlarning va fir’avnlarning axloqidandir. Tavoze’ esa payg‘ambarlar va solihlarning axloqidandir. Chunki Alloh taolo kofirlarni kibr bilan sifatladi.
Hayo ikki xil bo‘ladi: siz bilan odamlar orasidagi hayo, Alloh bilan sizning orangizdagi hayo. Odamlar bilan sizning orangizdagi hayo qarash halol bo‘lmagan narsalardan ko‘zingizni to‘sishingizdir. Siz bilan Alloh o‘rtasidagi hayo Allohning ne’matlarini bilmog‘ingiz va so‘ngra Unga gunoh qilishdan uyalishingizdir.
Mo‘min kishi rashkchi bo‘lishi kerak. Biror erkak va ayolning fahsh ishlarini bilsa, hech rozi bo‘lmasin. Agar qodir bo‘lsa, qo‘li bilan qaytarsin, bo‘lmasa, tili bilan. Hech bo‘lmasa, qalbi bilan yomon ko‘rsin.
Ayol kishiga eng haqqi ko‘p kishi erdir, erkak kishiga eng haqqi ko‘p kishi -onasidir.
Parvardigor bizga nasiba qilib yaratgan ne’matlar va ro‘yolar (boyliklar) ichida doim qadr-qimmat qilishimiz lozim bo‘lgan, e’zozlashimiz shart bo‘lgan oliy fazilat - do‘stlik va mehr-oqibatdir.
Xotinning er ustidagi haqqi beshtadir: ayol avrat bo‘lgani uchun uning satrdan chiqishiga yo‘l qo‘ymaslik, chunki bu - gunoh va erkaklik g‘ururining toptalishidir; xotiniga tahorat, namoz, ro‘za kabi zarur ilmlarni o‘rgatish; uni haloldan ovqatlantirish, chunki, go‘sht haromdan o‘ssa, olov bilan eriydi; unga zulm qilmaslik, chunki ayol er uchun omonatdir; agar xotin haddidan oshsa, bundan ham yomonroq holatga tushib qolmasligi uchun unga nasihat qilish.
Agar falonchining kiyimi kalta yoki uzun desangiz, bu g‘iybat bo‘ladi. Endi falonchining kiyimini zikr qilish g‘iybat bo‘lsa-yu o‘zidan gapirsangiz, qanday bo‘larkin?
Hasaddan zararliroq narsa yo‘q. U hasad qiluvchi kishiga beshta azobni olib keladi: g‘ami tugamaydi, musibat oladi-yu unga ajr kelmaydi, yomonlikni olib keladi, Alloh taolo unga g‘azab qiladi, uning uchun tavfiq eshiklari yopiladi. Bu beshta azob hasad qilingan kishiga emas, hasadgo‘yning o‘ziga yetadi.
Ko‘p o‘qilgan
- Namoz o‘qish tartibi (rasmlari bilan)
- Peshin, asr, shom, xufton namozlari
- Qur'oni karim ma'nolari va qiroati
- Salovotlar. Istig'for duolari
- Namoz kitobi
- Najotkor duolar
- 6 diniy kalima
- Tahorat olish tartibi (rasmlari bilan)
- Azon
- Namozdan keyingi zikrlar
- Ro‘za kitobi
- G‘usl, tayammum
- Namozdan so‘ng o‘qiladigan boshqa duolar
- Tahorat kitobi
- Islomning o‘zagi bo‘lgan hadislar
- Payg’ambar alayhis-salomning vafot etishlari
- Jamoat kitobi
- Hayit va jum'a namozlari
- Xotinning eriga itoatsizlik qilishi
- Namoz haqida oyat va hadislar
So'nggi maqolalar
- Mujohid ibn Jabr
- Abu Usayd Molik ibn Robia
- Xotib ibn Abu Balto
- Abon ibn Said
- Budayl ibn Varqo
- Abu Sa’laba Xushaniy
- Abu Umoma Bohiliy
- Abu Mahzura Jumahiy
- Abu Abs ibn Jabr Ansoriy
- Rofeʼ ibn Xudayj
- Zaydul Xoyr
- Ummu Kulsum binti Uqba
- Qays Ibn Sa’d
- Navfal ibn Horis
- Solim ibn Ubayd
- Ka’b ibn Zuhayr
- Mehron ibn Mofina
- Hanzala ibn Abu Omir
- Abdulloh ibn Muborak
- Qutayba ibn Muslim
2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.