Fil va uning bolasi
Hindistonda aqlli va donishmand zot bor edi. Bir kuni uzoq yurtdan kelgan och-yalang‘och, bechorahol kimsalarga duch keldi. Ularga achinib, nasihat qildi:
— Bilib turibman, og‘ir kunlarni boshdan kechiribsiz. Menga yaxshilab quloq soling. Bundan keyin yuradigan yo‘llaringizda go‘zal bir maskanga ro‘baro‘ kelasizlar. U joyda fillar va bolalari bor. Muhtoj bo‘lsangizda, qanchalik jozibalik ko‘rinmasin, fil bolalarini ovlab yemang. Chunki ona fil bolasini izlaydi va bolasi hidini sizdan topsa barchangizni halok qiladi. Agar o‘gitimga amal qilsangiz, boshingizni balodan qutqargan bo‘lasiz. O‘t-o‘lan, barglar, yovvoyi mevalarni tanovul qilish bilan kifoyalaning.
Yo‘lovchilar yo‘lda davom etarkan, yeguliklari tugadi, chorasiz qolishdi. Ochlik borgan sayin o‘z kuchini ko‘rsatar, chidash tobora qiyinlashib borardi. Xuddi shu payt semizgina, ishtahani qitiqlaydigan fil bolasini ko‘rib qolishdi. Och bo‘rilar kabi uning atrofini o‘rab olishdi, so‘yib yemoqchi bo‘lishdi. Oralaridan biri sheriklariga donishmandning aytganlarini eslatdi. Biroq hech kim e’tibor qilmadi, ochlik go‘yo ularning qulog‘ini kar, ko‘zini ko‘r qilgan edi.
Sheriklari fil bolasini so‘yib, kabob qilib yeyishdi. Unga ham uzatishdi. Ammo qancha majburlashmasin, u go‘shtdan yemadi. Qornini to‘ydirganlar sal o‘tmay yotib, qattiq uyquga ketishdi. Go‘sht yemagan odam esa ochlikdan uxlay olmay, aylanib yurdi.
Oradan ancha vaqt o‘tgach, vajohatli bir fil keldi. Oldin uyg‘oq, qo‘rquvdan titrayotgan, terga botgan odamning yoniga kelib, og‘zini uch marta hidladi. Bolasining isini ololmadi. Atrofini bir necha bor aylanib, unga teginmay ketdi. Keyin uxlaganlarning yoniga borib, og‘izlarini hidladi. Kimdan bolasining go‘shti hidi kelsa, hammasini osmonga ko‘tarib, yerga zarb bilan urib, parchaladi (“Masnaviyi ma’naviy”).
Qissadan hissa: Bu hikoyada Mavlono Rumiy fil bolasini yeyish deb g‘iybatni nazarda tutgan. Shu bilan birga, hid alomatiga urg‘u beradi. Ona fil og‘izdagi hidlardan yomon insonlarni tanidi.
Rumiy deydi: “G‘iybat, kibr, hirs va shahvat huddi piyoz, sarimsoq yegan insonning og‘zidan kelayotgan hidga o‘xshaydi. Sarimsoq, piyoz yegan kishi “Men ularni yemaganman”, deb har qancha qasam ichsa-da, gapirayotganida yonidagilar uning hidini sezishadi. Binobarin, kibrli va haddan ziyod ehtirosli kishi tili bilan “Menda bu yomon xislatlar yo‘q”, desa ham, holi va xatti-harakatlari uning aslini ko‘rsatib turadi...”
Ko‘p o‘qilgan
- Namoz o‘qish tartibi (rasmlari bilan)
- Peshin, asr, shom, xufton namozlari
- Qur'oni karim ma'nolari va qiroati
- Namoz kitobi
- Najotkor duolar
- Salovotlar. Istig'for duolari
- Tahorat olish tartibi (rasmlari bilan)
- Ro‘za kitobi
- Tahorat kitobi
- 6 diniy kalima
- G‘usl, tayammum
- Azon
- Namozdan keyingi zikrlar
- Islomning o‘zagi bo‘lgan hadislar
- Namozdan so‘ng o‘qiladigan boshqa duolar
- Jamoat kitobi
- Hayit va jum'a namozlari
- Eng yomon sakkiz toifa
- Besh panjaning ma’nosi
- Namoz haqida oyat va hadislar
So'nggi maqolalar
- Ummu Kulsum binti Uqba
- Qays Ibn Sa’d
- Navfal ibn Horis
- Solim ibn Ubayd
- Ka’b ibn Zuhayr
- Mehron ibn Mofina
- Hanzala ibn Abu Omir
- Abdulloh ibn Muborak
- Qutayba ibn Muslim
- Rufay ibn Mihron
- Muhammad ibn Hanafiy
- Zaynab binti Jahsh
- Juvayriyya binti Horis
- Zaynab binti Xuzayma
- Savda binti Zam’a
- Alloh uchun “Alloh” desaydim...
- “Oxiri ketish boʻlgan dunyo uchun mahzun boʻlma!”
- Dunyo hojatlarini uning egasidan soʻrashga hayo qilaman
- Qozonning tagini yalama!
- Baʼzilar 25 yoshda oʻlib, 75 yoshda dafn qilinadilar
2004-2021 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.