Shakoklik kasri
O’n ikki yil turmush qilib, farzand ko’rmagach, oilam buzildi. Keyin bola chaqali kishiga erga tegdim. Allohga beadad shukurki, menga oltita o’g’il qiz berdi. Ammo bandasi na sovuqqa, na issiqqa chidar ekan, yilma – yil beshik tebratib, bola boqish, uning ustiga rozgor tashvishlari fe’limni o’zgartirib yubordi. Aniqrogi, Xudodan bittagina tirnoq so’rab zorlanganlarim unutilgan edi. Yettinchi bor bo’yimda bo’lganida, qo’shni ayoldan tanish doktorga olib borishini iltimos qildim. Niyatim yomon edi. O’sha kecha deng, tushimga bir chol kirib, hassasini erga urganicha: “Ha, endi bolaga to’yib qoldingmi?!” dedi darg’azab bo’lib. Ammo tushimga bepisand qaradim, noshukurligim uchun hali bir umr ezilib yurishim hayolimga ham kelmagan edi. Ertasiga tuman markaziga bordim. Afsuski, do’xtir xotin kasal ekan. Yana vaqt topib borgunimcha, homila besh oylik bo’ldi. Do’xtir endi uni oldirishga ruxsat bermadi. Ichimdan zil ketdim.
Xullas, naqd besh kiloli pahlavon o’g’il tug’dim. Qop – qora ko’z – qoshlariga qarab, oldirib tashlamoqchi bo’lganimga uyalib ketaman. Yillar o’tib, o’g’limda g’alati qiliqlar paydo bo’la boshladi. Vrachlar uning ruhiy hasta ekanini aytishdi!
Xozir ellikka kirgan bo’lsamda, etmish yashar kampirga o’xshayman. Alp qomatli kenjamning aqli past, nutqi yo’q, izidan yurib charchayman. Allohga shak keltirganim kasriga o’g’lim qolgani, men ham shuning jazosini tortayotganim aniq edi. Dod solib yig’lagim keladi…
“Musulmonlar taqvim kitobi”dan
Ko‘p o‘qilgan
- Namoz o‘qish tartibi (rasmlari bilan)
- Peshin, asr, shom, xufton namozlari
- Qur'oni karim ma'nolari va qiroati
- Salovotlar. Istig'for duolari
- Namoz kitobi
- Najotkor duolar
- 6 diniy kalima
- Tahorat olish tartibi (rasmlari bilan)
- Azon
- Namozdan keyingi zikrlar
- Ro‘za kitobi
- G‘usl, tayammum
- Namozdan so‘ng o‘qiladigan boshqa duolar
- Tahorat kitobi
- Islomning o‘zagi bo‘lgan hadislar
- Payg’ambar alayhis-salomning vafot etishlari
- Jamoat kitobi
- Hayit va jum'a namozlari
- Xotinning eriga itoatsizlik qilishi
- Namoz haqida oyat va hadislar
So'nggi maqolalar
- Mujohid ibn Jabr
- Abu Usayd Molik ibn Robia
- Xotib ibn Abu Balto
- Abon ibn Said
- Budayl ibn Varqo
- Abu Sa’laba Xushaniy
- Abu Umoma Bohiliy
- Abu Mahzura Jumahiy
- Abu Abs ibn Jabr Ansoriy
- Rofeʼ ibn Xudayj
- Zaydul Xoyr
- Ummu Kulsum binti Uqba
- Qays Ibn Sa’d
- Navfal ibn Horis
- Solim ibn Ubayd
- Ka’b ibn Zuhayr
- Mehron ibn Mofina
- Hanzala ibn Abu Omir
- Abdulloh ibn Muborak
- Qutayba ibn Muslim
2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.