background
logotype
image1 image2 image3

Sabr tagi oltinmi?

Musibatlar bizga o‘zimiz kutmagan va o‘ylamagan darajada yordam beradi. Biroq bu foydalarga erishish uchun bizdan sabr-chidam talab etiladi. Sabrning ta’mi judda achchiq va taxir, ammo mevasi juda totli bo‘ladi. Bardosh bilan ko‘zlagan maqsadiga erishganlar juda ko‘p. Bunga tarixdan bir necha misollarni keltirishimiz mumkin:

  • Muhaddislar yuz minglab hadislarni kambag‘allik va g‘ariblikda yiqqanlar.
  • Ibn Asir “Jomi’ul usul” va “Nihoya” kabi nodir kitoblarini yura olmasdan uyda mixlanib qolganida yozgan.
  • Imom Saraxsiy 15 jildlik mashhur “Mabsut” asarini quduq-qamoqda hibsda yotganida bitgan.
  • Ibn Qayyum Javziyya esa, “Zodul ma’od” kitobini musofirlikda qog‘ozga tushirgan.
  • Abul A’lo Ma’arriy devon va kitoblarini ko‘zi ko‘rmay qolganida yozdi.
  • Nobel mukofoti sovrindori Toho Husayn ko‘zi ojizligida esdaliklarini qog‘ozga tushirdi.
  • Atoqli rus adiblari Tolstoy va Dostoevskiy mashaqqatli hayot kechirdi, turli balolarga yo‘liqdi. Biroq bu kulfatlar ularga hayotni to‘laqonli anglashlari, qobiliyatlari kamol topib, jahon adabiyotining durdona asarlarini yozishlariga turtki berdi.

“O‘kinma” kitobidan

“Irfon” taqvimining 2014 yil 2-sonidan olindi.


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.